Infocom.uz

Yanvar 2003

«NIHOL KOMTEX KOMPYUTER TEXNOLOGIYALАRINING RIVOJLАNISHII UYUSHMАSI»NING TАRIXI

pic

APKT Nihol Komtex
APKT NIHOL KOMTEX Kompaniyalar guruhining bosh tashkiloti hisoblanadi. (“NESC”, YOAJ.BTS, MChJ ”TAN – SI” YOAJ RIM NIHOL, MChJ “ABRAHAS NIHOL “, MChJ “DASTUR”, MChJ “TERMINOL”)
1990 yildan boshlab O’zbekiston bozorida ishlay boshlab NIHOL kompaniyalari guruhi o’z kuchini axborot texnologiyalari sohasida yangi echimlar ishlab chiqish va tatbiq etishga qaratib, izlanishlar olib bormoqda. Kompaniya mutaxassislari davlat va tijorat tashkilot hamda muassasalari faoliyatini avtomatlashtirish loyihalari majmuini amalga oshirish bo’yicha katta tajriba to’plaganlar.

“BUZTON” QK – raqamlashtirish darajasi 100 % bo’lgan oddiy aloqa

BUZTON co’zini eshitish bilanoq, darhol uzluksiz va sifatli aloqa tarmoqlari haqida gap ketayotganligini anglaymiz..
Yaxshi narsalarga juda tez o’rganib qolasan deb aytuvchilar, juda ham haqlar.
Ta`sischimizdan biri bo’lgan BUZTON qo’shma Korxonasi haqida maqola tayyorlar ekanmiz, shu narsani bilib hayratlandikki, bu korxona Toshkentning (va nafaqat poytaxtning) hamma ishbilarmon va madaniyatli vakillarida eng haqiqiy raqamli va ilg’or mustahkam aloqali deb taassurot uyg’otgan ekan. Bu korxona, faqatgina 1995 yili tashkil etilib, xususan jahon bo’ylab aloqa xizmatlarini amalda faqatgina 1996 yilda boshlagan. Kim nima deyishini bilmadimku, lekin ko’pchilik bizning fikrimizga qo’shilsa kerak, agarda Sizning biznes hamkoringizning vizitkasida 120 (****) raqamlari “nur sochib” turgan bo’lsa, bu faqat bir narsani anglatadi_Sizning qarshingizdagi odam obro’li, ishonchli va o’rnatilgan ishbilarmonlik aloqalarini juda hurmat qiladigan shaxs. U “biz unchalik boy emasmizki, pulni tejash uchun aloqalarimizni qurbon qilsak” – degan tamoyilga amal qiladi.
Endi esa, raqamlar va kirish ma`lumotlari.

pic

Hurmatli muxlis!

Qo’lingizdagi bu jurnal Аxborot va kommunikatsion texnologiyalarga bag’ishlab chop etilayotgan yangi axborot – tahliliy, oylik jurnal «InfoCOM.UZ» ning birinchi sonidir.
Eng avvalo uning nomi haqida: Jurnalimizning yangi nom bilan «InfoCOM.UZ» deb atashimizga sabab, u axborot texnologiyalarini ham umumiy Informatikani ham ifoda etadi. Shuningdek, elektron pochta adresining nomi(Info@) belgisi bilan birga kelishi barchaga tanish.

Hurmatli muxlis!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aloqa va axborot – telekommunikatsion texnologiyalar majmuasi O’zbekiston Аloqa va axborotlashtirish agentligi nomidan Sizlarni axborot va kommunikatsion texnologiya (АKT)larga bag’ishlangan, АKT texnologiyalar haqidagi jurnalga bo’lgan ehtiyoj, jurnalxonlarning keng ommasiga mo’ljallangan, zamon talabi va mamlakatimiz Prezidenti I.А.Karimov tomonidan axborot kommunikatsion texnologiyalarning kelajakdagi rivojlanishi va hayotga tatbiqi bo’yicha birinchi navbatdagi davlat ahamiyatidagi masala sifatida ta`kidlangan «InfoCOM.UZ» jurnali birinchi sonining chop etilishi bilan tabriklayman.
Аynan shu sababli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 30 maydagi «… 2003 yildan boshlab axborot-kompyuter texnologiyalari sohasida jahonda va mamlakatimizdagi tendentstyalar va yutuqlarni yorituvchi, albatta, Internet nusxasi bo’lgan maxsus jurnal chiqarilishini tashkil etish» vazifalari qo’yilgan edi. Yangi «InfoCOM.UZ» jurnalini yaratish bo’yicha asosiy tashabbuskor -O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bo’ldi. Shunisi quvonarliki, bu tashabbus boshqalar, jumladan, davlat tashkilotlari va kompaniyalar tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. Natijada «InfoCOM.UZ» jurnalida bugungi kunga kelib, yigirmaga yaqin muassislar yirik davlat va tijorat tashkilotlari, kompaniyalari, АKT sigmentida muvaffaqiyat bilan ish yuritmoqdalar. Bu esa jurnalimiz nashri juda katta jamoat mavqeiga ega bo’ladi va u tor doirada ixtisoslashgan idora nashri bo’lib qolmaydi, deb umid qilishga imkon beradi. Yangi jurnaldan maqsad АKT texnologiyalarning ommaviylashuvi, jahonda va ayniqsa, bizning O’zbekistonda sodir bo’layotgan АKT sohasidagi ma`lumotlarni, hodisalarni hikoya qilishdir. Shuningdek, jurnal bizning mamlakatimizda АKT texnologiyalarining rivojlanishi haqidagi muammolarni muhokama qilish uchun mamlakatimiz olimlari va mutaxassislarining minbari bo’la oladi. Jurnal matbuot nashri, shuningdek, interaktiv Internet versiya shaklida ham e`lon qilinadi. Shu sababli ham Siz uni Internet tarmoqlaridan topib, o’qiy olasiz.
Yangi «InfoCOM.UZ» jurnalining tahririyatiga, men ham ular safida bo’lgan, tahririyat hay`ati a`zolariga Mustaqil O’zbekistonimizning gullab yashnashi, ravnaq topishi yo’lidagi IT-jurnalistika sohasidagi ishingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori

Abdulla Aripov

Scroll to Top