Infocom.uz

Aprel 2003

«Virtual olam» da Konstitutsiya kerakmi?

pic
– Siz qoidalarni buzdingiz – Yahooni buzib o’tdingiz. «Huquqbuzar» !

– Qanday tartibni buzdim? Men Internetdaman-ku?
– Nima bo’libdi? Аxir Internet tarmog’ida qonun – qoidalar bo’lmaydi, deb kim aytdi?

Haqiqatdan ham Internet insonlar ongida go’yo real olamdagi hech qanday qonun – qoidalar amalga oshmaydigan parallel olam sifatida mustahkam o’rin olmoqda. Real olamda nimaiki sodir bo’lsa, (ba`zan sodir bo’lmagan, biroq bo’lishi mumkin bo’lgan) ularning barchasi Internetda ham mavjud. SHubhasiz, Internet – bu cheksiz bilimlar bulog’idir. Unda nimalar yo’q, deysiz! Undan Oksfordga o’qishga kirish bo’yicha axborot olish mumkin. Shuningdek, Internet uydan ko’chaga chiqmagan holda taniqli professorlar tomonidan tahsil olish imkoniyatini beradi. Istasangiz, Kembrijning elektron kutubxonasiga kirib, kerakli kitobni «oling» va bemalol o’qiyvering. Internet buni amalga oshirishning imkonini beradi.

Shuhrat uchun emas, balki Er yuzida aloqalar uchun

pic

“Alcatel Sel AG” kompaniyasining O’zbekistondagi faoliyati

Bugungi kunda elektr aloqalari xizmatlaridan foydalanmaydigan insonni uchratish qiyin bo’lsa kerak. Аgarda maishiy texnikalar, shahsiy kompyuterlar va boshqa jihozlar ishlab chiqaruvchilar borasida hamma narsalarni bilsalarda, zamonaviy telekommunikatsion texnikalarni ishlab chiqaruvchilar haqida juda kam sonli odamlar xabardordirlar. Mobil telefon egasi oddiy tarmoqqa qo’ng’iroq qilganida yoki ma`lumotlar etkazish tarmog’i xizmatlaridan foydalanganida u xatto bu uskunalarni kim ishlab chiqarishi haqida o’ylab ham o’tirmaydi.

Multimediali proektor – kino dunyosi Sizning xizmatingizda

pic

Men birinchi marta kinoga borib, “Eramizdaen million yil ilgari” deb nomlangan filmni tomosha qilganman, unda dinozavrlarni ko’rib, qo’rqqanimdan o’rindiqlar tagiga berkinib olib, butun film davomida yashirinib o’tirganman. O’shanda men besh yoshda edim va shu sababli bo’lsa kerak, film juda qo’rqinshli tuyulgan edi. Bu vaqtda men televizorda ko’plab filmlarni ko’rgan bo’lsamda, katta ekrandagi qahramonlardan qattiq qo’rqqandim. Faqatgina kinoteatrda haqiqiylik hissi yuqoriroq bo’lgan.

Scroll to Top