Pingvinlarnikida mehmonda yoki Linux barcha uchun

pic

Siz pingvinlarning qancha turi mavjudligini bilasizmi?
Haqiqiy Аntarktikada yashaydiganlarini, albatta!? Agar bilsangiz ham balki Аdel pingvinglari, Gumboldtlarni, imperator pingvinlarini aytsangiz kerak.
Bu qushlarning 16 turi mavjud . Kattaliklari bo’yicha (baland bo’yli 117 smgacha bo’lgan imperatorlar va faqatgina 40 smgacha kichik turlari), yashash joylari bo’yicha ham turli xillari mavjud. Pingvinning shunday turlari borki, ular faqatgina Janubiy Amerika janubida, Afrika janubida va Avstraliya qirg’oqlarida yashaydilar, yana shunday turi borki, u ( galapagoslik ) ekvatorda yashaydi. Biroq bu qushlarning asosiy qismi Antarktidada yashaydi. Bu qushlarga yaxshi munosabatlarda bo’linsa ham baribir ularga ko’proq e`tibor berish kerak.
Yer yuzida yashovchi tirik jonzodlar orasida bu ajoyib qushlar hayoti haqida ko’pchilik to’la ma`lumotga ega emas. Ammo ushbu maqolada gap bu haqda bormaydi. Balki dasturlar dunyosidagi ularning “qarindoshlari” haqida boradi. Ular haqida ham ko’pchilik yetarlicha ma`lumotlarga ega emaslar.