Infocom.uz

2004

INTEL BIZNI RAQAMLI (UY) MANZIL TOMON OLIB BORADI

Intel korporatsiyasi Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plami asosida shaxsiy kompyuterlar uchun yangi platformasini taqdim etdi
Iyul oyi boshlarida Intel kompaniyasi Intel 951G/P va Intel 925 X Ekspress mikrosxemalari to’plami asosida shaxsiy kompyuterlari uchun yangi platformasini rasman taqdim etdi.
Yangi mantiqiy tizim(logik sistema)li mikrosxemalarni Intel kompaniyasining taqdim etishi faqatgina Intelning Intel Pentium 4 Socket LGA 775 platformasi uchun chipsetlarning uchta yangi turlarini bozorga chiqarishi bilangina emas, balki butun bir qator Intel platformasini ham taqdim etishi bilan nishonlandi, bu platformani dinamik so’z “Ekspress” so’zi bilan ifodalash mumkin. Аytgandek, “Ekspress” so’zi chipsetlar hamma uchta turida ham mavjud va yangi ketma-ket PCI-Ekspress shinalaridan foydalanilganini, aniqrog’i ikkita shinadan PCI-Ekspress x16 va PCI-Ekspress x1 shinalaridan foydalanilganini anglatadi. Keling shular haqida tartib bilan tanishib chiqaylik.

Samsung ML 1520 yangi printeri

pic

Kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalarni ishlab chiqarish bilan va ayniqsa, printer ishlab chiqaruvchi har bir mashhur kompaniyalar doimiy ravishda, o’zlarining modellari turlarini yangilab boradilar. Lekin shu bilan barcha eng mashhur modellar o’rniga albatta yangisi paydo bo’lishi e`tiborga olinmaydi. Hamma gap shundaki, bu mashhur model o’rniga yanada mashhur va mahsuldor modeli keladi. Biz yangi printer ML 1520 modeli haqida gapirmoqdamiz, bu model bizning bozorlarda shu yilning to’rtinchi choragida paydo bo’lishi kerak va Samsung ML 1210 modelini almashtirishi kerak.

Sarkor-Telecom: foydalanuvchilar hamma toifalari manfaatini ko‘zlab umumiy rivojlanish

pic

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda, bu o‘sish korporativ foydalanuvchi, o‘rta va kichik korxonalari darajasidagi kichik guruhlardan tortib xususiy shaxslargacha bo‘lgan bozorning turli yo‘nalishlarida kuzatilmoqda. Аlbatta katta kompaniyalar uchun ajratilgan liniyalardan ulanish, “muammoli” zonalarda joylashgan korxonalar uchun esa simsiz ulanish (Radio Ethernet) texnologiyasidan foydalanib ulanish zarur bo‘ladi. Foydalanuvchilarning asosiy qismi esa kommutatsiya yo‘li (usuli) oddiy telefon tarmog‘idan foydalanadi. Bunday sharoitlarda har tomonlama rivojlanayotgan internet-provayder ulanishni tashkil etish bo‘yicha doim yangi texnologiyalarni tatbiq etib borishi va taklif etiladigan xizmatlar turlarini boyitib borishi kerak.

Scroll to Top