Infocom.uz

2005

Intel kompaniyasidan yangiliklar

pic

Birinchi yangilik o’yinlar 8 noyabrda “Mariott Royyal Avrora” mehmonxonasi zalida Intel kompaniyasining “Akella” kompaniyasini rivojlantirishga mablag’lar investitsiya qilishiga bag’ishlangan matbuot konferensiyasi bo’lib o’tdi.

INTERNET VA BAG‘RIKENGLIK MUAMMOLARI

pic

Bag‘rikenglik-boshqalarning o‘z g‘oya­lari, turmush tarzi va faoliyati, mavjudligini anglab, tushunib yeta olish, insonlar turfa xil ekanligiga ko‘nikish va o‘ziga o‘xshamaganlarni hurmat qilish demakdir. Biroq yer yuzida ayrim odamlar orasida murosasizlik hukm surmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995 yilni Xalqaro bag‘rikenglik yili deb e’lon qilgan edi, o‘shandan beri har yil 16 noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida nishonlanadi.

Optik aloqa tizimlari

pic

Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligidir, (vq3*1010 sm/s) ham to‘g‘ri chiziqli tarqalish va boshqa xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, XVIII asrdayoq quyosh nurini qaytaruvchi ko‘zgulardan foydalanish asosida ishlaydigan optik telegraf va murakkab signallarni uzatish qobiliyatiga ega bo‘lgan semoforlar yaratildi. Axborotni masofaga uzatishda yorug‘lik nurining qulayligini sezgan amerikalik telefon ixtirochisi A. Bell bundan 125 yil avval optik telefon (fotofon)ni yaratdi.

WCG UZBEKISTAN PRELIMINARY HAQIDA FILM YARATILADI

pic

Bugungi kunda televizion dasturlarni teleekran uchun maxsus olingan hujjatli filmlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Operativ teleko‘rsatuvlar, va axborot xabarlari, tematik sikllar bilan birgalikda bizni qiziqtiradigan mamlakatimiz hayoti solnomasi bilan zamondoshlarimiz, ularning ishlari, muammolari haqida hikoya qiladilar. Hujjatli filmdan tomoshabin birinchi navbatda faktlar va hodisalarni chuqur yoritib berilishini, insonlar xarakterlarini yorqin ochib, ifodalab berilishini kutadilar. Biz O‘zbektelefilm studiyasi prodyusori Rashid Shokirov bilan olib borilayotgan ishlar, ijodiy xodimlar tomonidan yaratilayotgan yangi filmlar haqida suhbatlashdik.

Intel tizimdi platalari o’zimizda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda TS-Technology® ishlab chiqargan shaxsiy kompyuterlarni test sinovlari

pic

Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning ochiq arxitekturasi har qanday nisbatan tajribali bo’lgan foydalanuvchiga o’zi uchun shaxsiy kompyuterni mustaqil yig’ish imkonini beradi. Aynan mana shuning uchun o’zi yig’ishi kerakmi yoki tayyor shaxsiy kompyuter sotib olish kerakmi degan tortishuvlar davom etib kelmoqda.

D-Link O’zbekiston istiqbollariga katta umid bog’laydi

pic

Biz ilgari xabar berganimizdek, shu yilning boshida Sharq Telecom kompaniyasi shaxsiy uy kompyuteriga ega bo’lgan har bir foydalanuvchi uchun an’anaviy Dial-Up-ulanishdan ko’p marta katta tezlikda, lekin narxi bo’yicha shu ulanish bilan teng bo’lgan internetga ulanish imkonini berishdek ajoyib taklif bilan chiqqan edi. Shu bilan birga yana telefon tarmog’i ham band bo’lmaydi. Shunday qilib, bu foydali taklif nimalardan iborat ekan. Gap shundaki, muammoni tubdan hal qilish uchun Sharq Telecom kompaniyasi strategik sherik sifatida dunyoda ulkan hisoblangan tarmoq va kommunikasion uskunalar ishlab chiqaruvchi va loyihachisi D-Link korporasiyasini hamkorlikka taklif etdi. Uzoq vaqt davom etgan muzokaralardan keyin tomonlar o’zaro foydali kelishuvga keldilar. D-Link korporasiyasining iste’molchilar talablarini qondira olish va yuqori sifatli qurilmalar bilan birga aloqa tarmog’i bozorida eng qulay narxlarni taklif eta olishi hisobiga hamkorlik imkoniyatlari ishlab chiqildi.

VIRTUAL O‘QUV LABORATORIYADA AMALIY MASHG’ULOTLAR

pic

Ta’limni axborotlashtirishda, bo‘lajak kadrlarning axborot va kommunikasion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim. Keyingi vaqtlarda, ta’limda axborot va kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish sohasida yangi atama “Virtual o‘quv laboratoriya” paydo bo‘ldi. Virtual o‘quv laboratoriya ochiq va masofaviy o‘qitish g‘oyasiga muvofiq bo‘lib, ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik ta’minot borasidagi muammolarni oz bo‘lsada dolzarbligini kamaytiradi.

FANLARARO ALOQADORLIKDА YANGI TEXNOLOGIYALАRNING O‘RNI

pic

Hozirgi davrda yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnikasidan foydalanish juda rivojlanib bormoqda. Jumladan, respublikamiz ta`lim sohasida ham ulardan samarali foydalanish, o‘qitish sifatini oshirishga, o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga, ularning texnika bilan muomala madaniyatini shakllantirishga, o‘quvchilarda mustaqil o‘zlashtirish faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Quyida biz akademik litseylarda matematika darslarida «Ikki va uch noma`lumli chiziqli tenglamalar sistemasini Kramer usulida yechish» mavzusini kompyuterdan foydalanib, o‘tishni tavsiya etdik.

IP-telefoniya orqali xalqaro telefon va Internet xizmatlari

pic

Internet tarmog‘i inson dunyoqarashini tobora o‘zgartirib bormoqda. U kundalik hayotga o‘zi bilan birgalikda ko‘p ijobiy afzalliklarni olib kirmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham Internet tarmog‘ining rivojlanib borishi kuzatilmoqda. IP-telefoniyaning vujudga kelishi va uning ommaviylashib borishi ham ana shunday rivojlanish natijasidir.
Kun sayin hamyurtlarimiz suhbatlarida IP-telefoniya haqidagi gap-so‘zlar, tushunchalar tez-tez tilga olinmoqda. IP-telefoniya mavzusida turli ommaviy axborot vositalarida juda ko‘p maqolalar yoritib borilmoqda. Undan tashqari, u haqida reklamalarni ham uchratmoqdamiz. IP-telefoniya xizmatining mazmun-mohiyati nima yoki bu xizmatning qanday afzalliklari mavjudligini yaxshi bilamizmi?

Scroll to Top