Infocom.uz

Aprel 2005

Barcha sayyoramiz geymerlari, Abit platasini sotib olinglar

pic

Geymerlarni nima uchun ijtimoiy xavfli shaxslar hisoblashadi, hech kim bilmaydi, lekin kompyuter o‘yinlari – bu yaxshi va hatto raqamli davr o‘sib kelayotgan avlodi uchun foydali ekanini doim tushuntirishimga to‘g‘ri keladi. Geymerlar juda odobli xalq bo‘ladi va hech kimni xafa qilmaydilar. Аgarda bungan o‘zlari sababchi bo‘lmasalar. Bizning jurnal O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faol qo‘llab-quvvatlashi ham Samsung Electronics kompaniyasininng bosh homiyligi ostida kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlari tashkilotchisi hisoblanadi. Birinchi chempionat 2003 yilda bo‘lib o‘tdi, o‘tgan yili esa O‘zbekiston terma komandasi San-Frantsiskoda (АQSh) bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati World Cyber Games 2004 grand-finalida birinchi bor ishtirok etdi. Bu haqida biz ilgari yozgan edik, lekin men dunyodaga mashhur kompyuter texnikasi ishlab chiqaruvchilarining geymerlar ehtiyojlari va orzu-umidlariga qanday munosabatda ekanliklari haqida gapirmoqchiman.

Samsung M1210 lazerli printeri anatomiyasi

O‘zbekiston bozorlarida yangi universal samarali, maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lgan Samsung M1210 lazerli printeri haqida biz ilgari yozgan edik. Xaridorlarning fikriga qaraganda, bu modelning narxi ham arzon bo‘lishi bilan birga juda yaxshi sifatga ham egadir. Biz bugun endi o‘zining ofisi yoki uyga qimmat bo‘lmagan, mahsuldor lazerli printer tanlayotgan aniq xaridorlarga axborotlar beramiz. Biz Samsung M1210 printeri ega bo‘lgan ko‘plab maxsus imkoniyatlari haqida gapirib beramiz, uning «anatomiyasini» bilib olib siz undan o‘z maqsadlaringiz uchun qo‘llashni rejalashtira olasiz. «Universal», «samarali», «mahsuldor» kabi tushunchalar (hatto yana maxsus imkoniyatlari bilan) xech ham «qimmat bo‘lmagan» tushuncha bilan mos kelmaydi, to‘g‘rimi. Lekin Samsung Elektronics kompaniyasi mahsulotlarini aynan yuksak texnik imkoniyatlarini saqlab qolgan holda mahsulot sifati yuqori bo‘lib, ular har doim ma`qul narxda bo‘lishlari ajratib turadi. Samsung M1210 printeri nimalar qilishni biladi?

LG Karaokesi endi o‘zbek tilida

pic

LG Electronicsdan haqiqiy yangi yil sovg‘asi

Bir necha yillar avval Rossiyada juda ommaviy “Karaoke po russki” ko‘rsatuvi bo‘lar edi. Shunga o‘xshash dasturlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida mavjud edi. Karaokeni hamma sevadi, uni har birimiz musiqa tinglab ashula aytishni istaganimiz uchun yaratganlar va albatta hamma o‘z ona tilida qo‘shiq aytishni istaydi.
LG Electronics kompaniyasi O‘zbekiston aholisi uchun haqiqiy yangi yil sovg‘asini taqdim etdi. Bu kompaniya DVD-karaoke qurilmalarini ishlab chiqarishda jahonda tan olingan etakchi kompaniya hisoblanadi, chunki endi 3000 dan ortiq rus va ingliz tillarida qo‘shiqlar yozilgan diskka LG O‘zbekistonda tarqatayotgan karaoke to‘plamini o‘zbek estradasining 500 dan ortiq qo‘shiqlari yozilgan disk ham qo‘shildi.

Kompyuter Kaynozoy 3D-zavrlari

Biz kaynozoy erasida yashayapmiz (o‘quvchilar siz
bilasizmi biz koynozoya erasida yashayotganmizni
yoki bu haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?). Bu era ko‘plab
ulug‘ hodisalar bilan mashhur, ular orasida ayniqsa,
e`tiborga loyiqlari ikkita: rivojlanishni ortga tortuvchi
ikki jabrali mollyuskalarning – belemnitlarning yo‘q bo‘lib
ketishi va odamning paydo bo‘lishi. Deyarli ikki eralar –
Poleozoy va Mezozoy eralari davomida hukmronlik qilgan
reptiliyalar haqida alohida gapirib o‘tish kerak. Ular
fantastik kattaliklari bilan farq qilganlar, to‘rt kamerali
yuraklari hamda tugallanishi, zavr-deb yakunlanishlari –
dinozavrlar, brontazavrlar, ixtiozavrlar, tiranozavrlar
(… va ba`zi boshqa turlari ham)
F.Krivin “Kaynozoy erasi” ilmiy ertaklari

Qadim-qadimda, Er sayyorasi xali issiq bo‘lmaganda va 3D erasi endi boshlanayotganda, grafik tezlatgichlar xali faqatgina ishchi stantsiyalardagina bo‘lganida, juda …. qancha turganini esga ham olmaylik va ko‘pincha monitorlarga o‘xshash kattalikka ega bo‘lgan. Masalan, Evans&Sutherland dan Freedom seriyali tezlatgichlari tashqi blok ko‘rinishida bajarilgan bo‘lib, kompyuterning sistemali bloki kattaligiga teng bo‘lgan. Bu tezlatgichlarning hisoblash qudrati oddiy qo‘shimcha sektsiyalar kiritish bilan oshirilgan.

Sony firmasining mahsulotlari sifatiga yana bir bor ishonch hosil qildik

pic

Sony raqamli kameralari bilan tanishamiz: Sony DSC F717 va Sony DSC F828

Jurnalimizning o‘tgan 2004 yil Yanvar oyi sonida biz Sony DSC F717 fotokamerasi haqida gapirib bergan edik (“It’s a Sony – Soni bu Sony” maqolasi bilan bizning saytimizda tanishish mumkin). Bu maqolada Sony DSC F717 raqamli fotokamera imkoniyatlari haqida gap boradi. Jurnalimizda fotosuratchi bo‘lganim sababli meni bu fotokamera imkoniyatlari haqida mutaxassis sifatida gapirib berishimni so‘rashdi.

Scroll to Top