Infocom.uz

May 2005

Axborotlar xavfsizligi haqida

pic

Matbuotda nisbatan yangi «axborot quroli» va «axborotlar jangi» atamalari tez-tez uchraydi, ular mazmunan harbiy san’atda inqilobni anglatadi. Chunki bu atamalar ortida qarama-qarshilikning printsipial yangi shakli yashirinib yotadi, ularda «g‘alaba», «dushmanni yo‘q qilish» maqsadi, yadro quroli yoki urush olib borish an’anaviy usullari yordamida emas, balki radioelektron vositalar axborot qurolidan ommaviy foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchilik analitiklari qurolning bu turini «zamonaviy dunyoda egalik qilishning hal qiluvchi omili» deb hisoblaydilar. Shunday qilib, «XXI asrning troyan oti» deb atash odat bo‘lib qolgan «axborot jangi» va «axborot quroli » o‘zi nima?

Akt sohasida yangi lug’at

pic

Muhim insoniy qadriyat bo‘lib hisoblanadigan badiiy, ilmiy, o‘quv adabiyotlari sirasida lug‘atlar qanchalik katta ahamiyatga molik ekanligi barchaga ma’lum. Lug‘atlar bir-birlarining tillarini, kasb-korlarga taalluqli atamalarni va shu kabilarni tushunmaydigan insonlar qalbiga kalit bo‘lib, yo‘l ochadi.

Informatikada yangi atama va tushunchalar tahlili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi farmoni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mamlakatimizning barcha ijtimoiy – iqtisodiy sohalarida joriy etishdagi asosiy qadamlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Xerox kompaniyasi O‘zbekiston bozorlaridagi O‘zining faoliyatini kengaytiradi

pic

Har qanday filolog bizning turmushimizda yangi so‘zlar buyuk shaxslarning kashfiyotlari, ba`zan hatto kompaniyalarnng kashfiyotlari sababli paydo bo‘lishini biladi. Аna shu mazmunda Аmerikani yoki Kolumbiyani esga olaylik, bu nomlarda Аmerigo Vespuchchi va Xristofor Kolubmlarning nomlari abadiylashtirilgan. Bu albatta georafiya. Bugungi maqolamizda gap boradigan neologiz esa – texnika haqida. Masalan, “kserokopiya” va “kseroks” nusha olish apparatlari zamonaviy terminlari allaqachon hamma uchun odatiy bo‘lib qolgan. Bu nom ishlab chiqaruvchi kompaniya qaysi bo‘lmasin shu turdagi hamma apparatlar bir xil ataladi. Lekin biz bilamiz bu “kserokopiya nusxa olish” nomi bilan ataladigan texnologiyani Xerox kompaniyasi yaratgan, bu kompaniyaning to‘la nomi bir oz odatdan tashqariroq (g‘ayrioddiy) – The Document Company Xerox.

Scroll to Top