Infocom.uz

Avgust 2005

VIRTUAL O‘QUV LABORATORIYADA AMALIY MASHG’ULOTLAR

pic

Ta’limni axborotlashtirishda, bo‘lajak kadrlarning axborot va kommunikasion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari bilan bir qatorda, aniq fan sohasida kadrlar tayyorlashni axborot va kommunikasion texnologiyalarni kommunikasion texnologiyalari vositalari yordamida jadallashtirish lozim. Keyingi vaqtlarda, ta’limda axborot va kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish sohasida yangi atama “Virtual o‘quv laboratoriya” paydo bo‘ldi. Virtual o‘quv laboratoriya ochiq va masofaviy o‘qitish g‘oyasiga muvofiq bo‘lib, ta’lim jarayonidagi moddiy-texnik ta’minot borasidagi muammolarni oz bo‘lsada dolzarbligini kamaytiradi.

FANLARARO ALOQADORLIKDА YANGI TEXNOLOGIYALАRNING O‘RNI

pic

Hozirgi davrda yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalar hamda kompyuter texnikasidan foydalanish juda rivojlanib bormoqda. Jumladan, respublikamiz ta`lim sohasida ham ulardan samarali foydalanish, o‘qitish sifatini oshirishga, o‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga, ularning texnika bilan muomala madaniyatini shakllantirishga, o‘quvchilarda mustaqil o‘zlashtirish faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Quyida biz akademik litseylarda matematika darslarida «Ikki va uch noma`lumli chiziqli tenglamalar sistemasini Kramer usulida yechish» mavzusini kompyuterdan foydalanib, o‘tishni tavsiya etdik.

IP-telefoniya orqali xalqaro telefon va Internet xizmatlari

pic

Internet tarmog‘i inson dunyoqarashini tobora o‘zgartirib bormoqda. U kundalik hayotga o‘zi bilan birgalikda ko‘p ijobiy afzalliklarni olib kirmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham Internet tarmog‘ining rivojlanib borishi kuzatilmoqda. IP-telefoniyaning vujudga kelishi va uning ommaviylashib borishi ham ana shunday rivojlanish natijasidir.
Kun sayin hamyurtlarimiz suhbatlarida IP-telefoniya haqidagi gap-so‘zlar, tushunchalar tez-tez tilga olinmoqda. IP-telefoniya mavzusida turli ommaviy axborot vositalarida juda ko‘p maqolalar yoritib borilmoqda. Undan tashqari, u haqida reklamalarni ham uchratmoqdamiz. IP-telefoniya xizmatining mazmun-mohiyati nima yoki bu xizmatning qanday afzalliklari mavjudligini yaxshi bilamizmi?

Scroll to Top