Infocom.uz

2006

ASHH: FOYDALI HAMKORLIK

pic
Joriy yilning 12-13 dekabr kunlari Moskva (Rossiya Federasiyasi) Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari kengashining 36-yig’ilishi va ASHH qoshidagi MDHga a’zo davlatlarning axborotlashtirish bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 10-yig’ilishi bo’lib o’tdi. Uni ASHH Kengashi raisi, Rossiya Federasiyasi aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Leonid Dodojonovich Reyman olib bordi. Yig’ilishlarda O’zbekiston Respublikasidan O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori boshchiligida delegasiya qatnashdi.

Mobil aloqa operatorlari uchun transport tarmoqlari.

pic
Hozirgi kunda uyali aloqa jamiyatimizning har bir tarmog‘ida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kundan kunga uyali aloqadan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Shu bois, mobil aloqa operatorlari oldida aholiga yuqori xizmat ko‘rsatish, yangi texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar turadi. Bunday ma’suliyatli vazifani bajarish uchun albatta yangi texnologiya va qurilmalar zarur bo‘ladi. Quyida keltirilgan texnologiyada ham tarmoqda abonentlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va yuzaga kelgan texnik muammolarni bartaraf etish usullari haqida so‘z boradi.

NGN TARMOG‘IGA ULANISh TIZIMLARI

pic
Bugungi kunda aloqa sohasi tarmoqlari zamonaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli texnika vositalari bilan jihozlanmoqda. Telekommunikasiya tarmoqlarini modernizasiyalash, yangi texnik vositalarni o‘rnatish, ularni optimallashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

QUTLUG’ SANAGA BAG’ISHLANGAN POCHTA MARKASI MUOMALADA

pic
Davlat bayrog’i – davlatning asosiy ramzlaridan biridir. Mamlakatimizda 18 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun deb belgilangan. Bu yil ushbu kun alohida tarixiy sana – Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 15 yilligi sifatida keng nishonlanmoqda. Ma’lumki, bayroqning sxematik va rang tasviri “O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonunda tasdiqlangan.

MAQSAD – TA’LIM SIFATINI KO‘TARISH

pic
Texnologiyalar taraqqiyoti jamiyatda chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Keyingi vaqtlarda jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojini tadqiq etuvchi olimlar tomonidan axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan to‘g‘ri foydalanish va boshqarish, inson hayotining barcha sohalariga kirib borib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishni ta’minlashi, АKT asrimiz taraqqiyotining eng asosiy ilgari yetaklovchi kuch bo‘lib qolishi mumkin, degan gaplarni ko‘p bor ta’kidlamoqdalar.

BOSh SAHIFA – BOSh MASALA

pic
Maqolada Uznetni boyitib turgan sermazmun saytlarning bosh sahifasi, ularning dizayni, jozibadorligi va qulayligi to‘g‘risida xolis fikr yuritiladi. Unda keltirilgan taniqli web-studiyalar saytlari bosh sahifalarining suratlari dizayn san’ati ixlosmandlarini hayratga solish bilan birga, mushohadaga chorlasa, ozgina o‘ylantirsa ajabmas. Shuningdek, maqolaga ilova qilingan mavzuga oid manbalarning manzillari o‘z saytlarini yaratish ishtiyoqida bo‘lganlar uchun foydadan holi bo‘lmas, degan umiddamiz.

VIRTUAL XAZINA VA UZNET “DONIShMAND” LARI

pic
Maqolada “millatning yetuklik shahodatnomasi” nomini olgan universal ensiklopediyalar, ularning nashri va ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritiladi. Unda O‘zbek qomusining birinchi (14 jildlik) to‘la nashri va mustaqil mamlakat hayotining yorqin ko‘zgusi – universal milliy qomus (12 jildlik “O‘zbek milliy ensiklopediyasi”) to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, jahonda mashhur elektron ensiklopediya(lug‘at)lar, ularning Internet-manzillari hamda Uznet “donishmand”lari xususida to‘xtab o‘tilgan.

Scroll to Top