Infocom.uz

Aprel 2006

QIZLAR, ONALAR VA BUVIJONLARNING INTERNET OLAMIDAGI YUTUQLARI

pic
Yaqinda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida xotin-qizlar internet festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublikamizda ilk bor o‘tkazilgan festival tashkilotchilari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Rivojlanish Dasturining “O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish”, “O‘zbekiston Hukumatiga Mamlakat Rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak”, “Uzbekistan Development Gateway” loyihalari, “Kamolot” O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “InfoCOM.UZ” axborot tahliliy jurnalidir. Marosim tantanali va qiziqarli bo‘lib o‘tdi va qatnashchilarni ilg‘or texnologiyalarni yanada chuqurroq egallashga ilhomlantirdi. Marosimda davlat rasmiy idoralari va xalqaro tashkilotlardan mehmonlar ishtirok etdilar.

SIZNING KOMPYUTERINGIZNI MERKURIY HIMOYA QILADI

pic

Mercury Smart 800 uzluksiz quvvat manbai Qadimgi Rim afsonasida Merkuriy yo’lovchilar homiysi va savdo xudosi bo’lgan. Mercury savdo belgisi nomi esa inglizcha simob so’o’zidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchining fikricha “Dizaynining tekis tuzilishi va ko’zni qamashtiradigan nafis ko’rinishi Mercury mahsulotlarida simobning butun yarqirashi va go’zalligini namoyon etadi”. Mercury savdo belgisi egasi Kobian Pte Ltd kompaniyasi hisoblanadi, ushbu kompaniya 1978 yilda tashkil topgan.

Scroll to Top