Infocom.uz

Avgust 2006

SAYTLARDA SAKKIZINCHI MO‘JIZA

pic

Kompyuter, axborot va kommunikasiya texnologiyalarining jadal taraqqiyoti tufayli, bugungi kundagi yuzaga kelgan axborotlashgan jamiyatda har bir muassasa, tashkilot, shuningdek, jismoniy shaxslar o’zlarining davr talabiga mos hamda sifatli web-saytlarini yaratishga tobora ko’proq ehtiyoj sezmoqdalar. Negaki, yaratilgan boy mazmunli, doimo xizmatga shay turgan saytlar zamonaviy web-resurslarning ajralmas bo’lagi, mamlakat yagona axborot makonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi, u axborotlashtirish sohasida davlat siyosatining asosiy masalalarini hal etishga xizmat qiladi. Web-resurslar, xususan, adabiyotga oidlarining jamiyat a’zolari ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdagi ahamiyati to’g’risida alohida to’xtalishning zaruriyati bo’lmasa kerak.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RADIOCHASTOTA SPEKTRIDAN FOYDALANIShDA XALQARO MUNOSABATLAR

pic
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir.
Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. IV bob. Tashqi siyosat. 17-modda.

Axborot texnologiyalari bo’yicha Birinchi milliy ICT EXPO 2006 ko’rgazmasi

pic
2006 yil 26-28 sentyabr kunlari “O’zko’rgazmasavdo” Respublika savdo yarmarkasi markazida axborot texnologiyalari bo’yicha Birinchi milliy ICT EXPO 2006 ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko’rgazma tashkilotchilari O’zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi hisoblanadi. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ko’rgazmani davlat tomonidan qo’llab quvvatlamoqda.

DUGONAJONLAR SIRLI OLAMI

pic
Hurmatli muxlis, e’tiboringizga havola etilayotgan yangi sahifa O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish” loyihasi va «infoCOM.UZ» axborot-tahliliy jurnali tomonidan tashkil etildi. Ushbu sahifaning asosiy maqsadi O‘zbekiston xotin-qizlari e’tiboriga kompyuter va Internet texnologiyalari imkoniyatlarini namoyish qilib borishdan iborat.

Scroll to Top