Infocom.uz

Fevral 2007

YANGI INTEL TO’RTYADROLI PROSESSORLARI ISH JOYI KOMPYUTERLARI VA SERVERLAR UCHUN MAHSULOTLAR TURKUMINI KENGAYTIRADI

pic
2007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo’lib o’tgan CONSUMER ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko’rgazmasida Intel korporasiyasi yana uchta to’rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi kompyuterlari uchun prosessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to’rt yadroli prosessorlar bilan kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda Intel korporasiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-sistemalar bozor segmenti uchun mo’ljallangan to’rt yadroli prosessorlar to’qqizta modellarini taqdim etadi.

Tanlov e’lon qilindi

pic
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot va internet nashrlarda jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor, xolis va haqqoniy, tahliliy jihatdan yuksak saviyada yoritilgan materiallar ko‘lamini oshirish, bosma nashrlarni shaklan va mazmunan takomillashtirish, ularning jahon standartlariga mos rivojlanishi, dunyo axborot maydonida o‘z o‘rnini egallashi, raqobatbardosh bo‘lishi, nufuzi oshishiga ko‘maklashish, jurnalistlarning kasb mahoratini oshirish, nashrlar o‘rtasida professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashishga yordam ko‘rsatish, iqtidorli mualliflarni rag‘batlantirish maqsadida gazeta, jurnallar, internet agentliklari va nashrlari o‘rtasida o‘tkazayotgan “E’tirof” tanlovi davom etadi.

QUTLUG’ SANA KENG NISHONLANDI

pic
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan 2007 yil 21 fevralda O’zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi ishtirokida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston fanlar akademiyasi va xalqaro ekoenergiya akademiyasi a’zosi, texnika fanlari doktori, professor, akademik sermahsul ijodkor va ko’pqirrali tadqiqotchi-olim Jo’ra Abdullayev tavalludining 80 yilligi, mehnat, ilmiy-pedagogik faoliyatining 60 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish muammolari masalalariga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.

Scroll to Top