AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA QONUNCHILIK MASALALARI
O‘tgan XX asr fan va texnika, sanoat, ishlab chiqarish inqilobi davri deb nomlangandi. XXI asr esa tarixga axborot asri nomi bilan kirib keldi.Bugungi kunda davr ruhiga binoan axborot hamjamiyatlari tashkil etilmoqda, uning asosini aloqa vositalari, kompyuter industriyasi, televideniyedagi keng texnologik o‘zgarishlar tashkil qiladi. Axborotlar almashish tezligi va ulardan yanada samarali foydalanish hajmi o‘sib bormoqda. Xususan, «konvergensiya» – bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan texnologiyalarni birlashtirish, telefon, televidenie va kompyuterlar orasidagi farqni yo‘qotish yo‘llari masalasida katta ishlar amalga oshirilmoqda, bularga Internet, mobil telefoniya misol bo‘la oladi.