YANGILIKKA INTILIB…
Biz XXI asrning boshlang‘ich qaldirg‘ochlari, yangi cho‘qqilarni zabt etish uchun ezgu niyatlarni maqsad qilib olgan kuchli bilim talabgorlarimiz. Farovon hayot uchun kelajagimizni asta-asta, o‘z mehnatimiz bilan rivojlantirish tizimini ishlab chiqib, uni targ‘ib qila bilishimiz kerak. Xalqimizda’Bilgan doimo botir, bilmagan johil’ degan naql bor. Inson yangi bilim cho‘qqilariga intilib kelgan.