Infocom.uz

Fevral 2008

Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасининг 2007 йилдаги ижтимоий-иқтисодий ривожланиш якунлари тўғрисида маълумот

Ҳисобот даврида алоқа ва ахборот-коммуникация соҳасидаги ислоҳотларни бориши аввалом бор давлатимиз раҳбари ва Ҳукуматимиз томонидан қабул қилинган давлат дастурларининг бажарилиши таъминлаш бўйича ишлар олиб борилди ва бунининг натижасида бир қатор кўрсаткичларга эришилди.

«Билайн»дан «Менга қўнғироқ қил» хизмати

pic

Тошкент, 26 февраль 2008 йил. “Unitel” Масъулияти Чекланган Жамияти («Вымпелком» ОҲЖ таркибига кирувчи ва Ўзбекистон ҳудудида «Билайн» савдо маркаси остида уяли алоқа бўйича хизмат кўрсатувчи компания) барча абонентлар – жисмоний ва юридик шахслар учун янги «Менга қўнғироқ қил» хизмати амалга киритилганини эълон қилади.

Ilmiy-innovatsion faoliyatni modellashtirish usullari

pic

Respublikamizda jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish, ta’lim tizimidagi qonuniyatlarni tadqiq etish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning amalga oshishini baholab borish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatni ta’lim siyosatining mohiyati respublika mutaxassislariga bo‘lgan ichki talabni qondiradigan, jahonda raqobatbardosh bo‘la oladigan, iqtisodiyot tarmoqlarining tubdan yangilanishiga imkon beradigan kadrlar tayyorlashga ko‘maklashishdir.

Qimmatbaho metalldan sifatli mahsulot. MSI 35 Platinum Combo sistema platasi, DDR2/DDR3 PQI xotira modullari

pic

Platina (isp. Platina, qisqartirib plata – kumush) – oq rangli, zanglamaydigan qimmatbaho metall, oltindan ham qimmatli. MSI kompaniyasining sistema platalari O‘zbekistonning kompyuter bozorlarida keng taqdim etilgan. Avvalgi sonlarimizda mazkur ishlab chiqaruvchining past va o‘rta narx darajasidagi sistemali platalari to‘g‘risida ma’lumotlar bergan edik. Shu bilan birga MSI kompaniyasida “Platinum” va “Diamond” qo‘shimchalari bilan “premium” deb ataluvchi klassidagi sistemali platalari ham mavjud. “Platinum” turkumi platalari faqat yuqori narxi bilan emas, balki birinchi navbatda, maksimal mahsuldorligi, kengaytirish bo‘yicha katta imkoniyatlari va jamlovchi qismlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Бутун Ўзбекистон бўйлаб «Бизникилар»

pic

Тошкент, 15 февраль 2008 йил. “Unitel” Масъулияти Чекланган Жамияти («Вымпелком» ОҲЖ таркибига кирувчи ва Ўзбекистон ҳудудида «Билайн» савдо маркаси остида уяли алоқа бўйича хизмат кўрсатувчи компания) Ўзбекистоннинг барча вилоятларида «Бизникилар» тариф режаси жорий қилинганини маълум қилади.

Arm va avtomatlashtirilgan kutubxona

pic

Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishi, xususan, fan, ta’lim va madaniyat rivoji uchun asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Bu maqsadga erishishda kutubxonalar faoliyatini yangi axborot texnologiyalari bilan qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kutubxona faoliyatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va iste’molchiga yetkazib berishga zamonaviy telekommunikatsiya kanallari vositasida elektron texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalar beradi.

«Билайн» халқаро қўнғироқлар нархини туширмоқда

pic

Тошкент, 10 февраль 2008 йил. “Unitel” Масъулияти Чекланган Жамияти («Вымпелком» ОҲЖ таркибига кирувчи ва Ўзбекистон ҳудудида «Билайн» савдо маркаси остида уяли алоқа бўйича хизмат кўрсатувчи компания) 2008 йил 10 февралдан бошлаб халқаро қўнғироқлар учун нархларнинг туширилишини маълум қилади.

Scroll to Top