Infocom.uz

Sentabr 2008

TATUda ITPA 2008 ANJUMANI

pic

2008 yil 22 -23 sentyabr kuni AKT haftaligi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Koreya Simulyatsiyalash jamiyati va Axborot texnologiyalari ilmiy xalqaro markazi hamkorligida «Osiyoda axborot texnologiyalarining rivojlanishi – ITPA 2008» to’rtinchi xalqaro anjuman o’tkazildi. Anjumanga Koreya Ilmiy muassasasi, Koreya Axborot texnologiyalari biznes assotsiatsiyasi, Interphos Inc., Joong Ang Biznes Konsalting Ltd., TATU qoshidagi Koreya AT markazi hamda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va universitetlar homiylik qildilar.

AKT bo’yicha Oltinchi Sammit ishini boshladi

pic

23 sentyabr Toshkentda AKT haftaligi doirasida o’tkazilayotgan muhim tadbirlardan biri — Oltinchi AKT Sammiti o’z ishini boshladi. Mazkur tadbir axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarning unga bo’lgan e’tiborini yildan yilga katta qiziqish bilan oshirib kelmoqda. Sammit O’zbekistonning aloqa va axborotlashtirish sohasidagi yirik voqealaridan biri bo’lib, nafaqat mahalliy mutaxassislarni balki xorij ekspertlarda ham katta qiziqish uyg’otmoqda.

ICTExpo-2008 ko’rgazmasi ish boshladi

pic

2008 yil 24 sentyabr kuni axborot-kommunkiatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Respublika ko’rgazma-savdo va Andijon shahar Yoshlar markazida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha har yili o’tkazib kelinayotgan ICTExpo-2008 ko’rgazmasi ish boshladi.

Bolalarga – axborot texnologiyalari

pic

Joriy yilni “Yoshlar yili deb” e’lon qilinishi hamda O’zbekistonda AKT haftaligi doirasida yoshlarning axborot texnologiyalarining yangi yo’nalishlariga hamda bilimlarga qaratilgan “Bolalarga – axborot texnologiyalari” aktsiyasi o’tkazildi.

«Мисс Билайн» Малайзияга отланмоқда!

pic

«Unitel» Масъулияти Чекланган Жамияти («Вымпелком» ОҲЖ таркибига кирувчи ва Ўзбекистон ҳудудида «Билайн» савдо маркаси остида уяли алоқа бўйича хизмат кўрсатувчи компания) 2008 йил 10 августдан 10 сентябрга қадар бўлиб ўтган «Мисс Билайн» MMS-танлови натижаларини эълон қилди.

«eKarmon» интернет-тўловлар тизими – ишончли, кулай, истиқболли!

pic

2008 йил 15 сентябр куни Миллий матбуот марказида «eKarmon» интернет-тўловлар тизими оператори «eKarmon Group» компанияси томонидан матбуот анжумани ташкил этилди. Тадбир электрон тижорат соҳасида фаолият олиб бораётган компаниянинг учта муҳим ривожланиш босқичига бағишланди.

«Билайн»нинг «Мобил Этикет» лойиҳаси Урганчда

pic

«Unitel» Масъулияти Чекланган Жамияти («Вымпелком» ОҲЖ таркибига кирувчи ва Ўзбекистон ҳудудида «Билайн» савдо маркаси остида уяли алоқа бўйича хизмат кўрсатувчи компания) «Мобил Этикет» номли таълимий лойиҳа бўйича давра столини Урганч шаҳрида ташкил этди.

Scroll to Top