Toshkentda XEI ko’magida yoshlarning 6- xalqaro ilmiy-texnik anjumani o’z ishini boshladi
Bugun, 9 oktyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlikning (ASHH) “Aloqa texnologiyasi va texnika” mavzusidagi VI xalqaro ilmiy-texnik anjumani o’z ishini boshladi. Mazkur anjuman mamlakatimiz yosh mutaxassislari, talaba va aspirantlarini jamlabgina qolmay, unda MDH mamlakatlari o’quv yurtlaridan tashrif buyurgan talabalar ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.