Infocom.uz

Mart 2009

09 xizmati – barcha ma’lumotlarga ega

pic

Shahrimizda 09 ma’lumot-axborot xizmati mavjudligi to’g’risida xabari bo’lmagan inson bo’lmasa kerak. Ushbu xizmat o’tganning asr o’rtalaridan o’z faoliyatini boshlagan va shahar infrastrukturasining ajralmas qismiga aylangan. Yuzaga kelgan vaziyatda qanday telefon raqamini terishni bilmaganingizda shunday xizmat mavjudligi yodingizga tushadi. Kunu tun, tinib-tinchimay va bayramlarsiz xizmat ko’rsatiladi. Xizmat xodimlari bo’lgan 80 nafar telefonchi-ayol tashkilotlar, turar joy telefon raqamlari, valyutalar kurslari, ob-havo, shaharlar kodlari to’g’risida axborotlar beradilar.

Musiqa cholg’ulari xususida

pic

Keyingi yillar mobaynida, mamlakatimizda katta ahamiyatga ega bo’lgan ulug’vor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotning barcha jabhalariga jadal sur’atlarda tatbiq etilib bormoqda. Ijtimoiy, iqtisodiy sohalar qatori mamlakatimiz madaniyati va san’atida ham AKT o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

An’anaviy shakldagi masofaviy ta’lim

pic

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasi, shu jumladan, oliy ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda. Ammo barcha ham uzoq joylarga borib, universitetlarga o’qishga kirib oliy ta’lim ololmaydi. Shuning uchun ayniqsa, ko’pchilik chet el OTMlari diplomini taqdim etish bilan masofali ta’lim olishni taklif etadilar.

Kompyuter energiya sarfining rivojlanishi

pic

Dastlab kompyuterlar ulkan mashinalar bo’lgan va turli o’yinlar o’ynash uchun emas, muhandislik hamda ilmiy hisoblashlar uchun mo’ljallangan. Shuning uchun ham energiya sarfida muammolar bo’lmagan – faqatgina iloji boricha unumdorlikni oshirish kerak edi. Birinchi shaxsiy kompyuterlar mikrosxema va mikroprotsessorlardan foydalanish orqali kam energiya iste’mol qilgan.

Maqsad – kriptigrafiya sohasini rivojlantirish

pic

O’zbekiston Respublikasi mustaqillik yillari axborotlashtirish sohasida inqilobiy o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qulayliklar yaratish bilan bir qatorda yangi muammolarni ham o’rtaga qo’ymoqda. Axborot bazalarida saqlanadigan va telekommunikatsiya tizimlarida aylanayotgan axborot xavfsizligiga tahdid keskin oshmoqda. Keyingi vaqtlarda, ayniqsa, Internet paydo bo’lgandan boshlab, axborot o’g’irlash, axborot mazmunini egasidan ruxsatsiz o’zgartirib qo’yish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa tajovuz qilish hollari dunyo miqyosida ko’paydi.

Doimiy modernizatsiya qilish, rivojlantirish va kengaytirish – ustuvor vazifalardir

pic

2009-yil 21-fevralda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining kengaytirilgan Hay’ati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish soha faoliyatining 2008-yil yakunlari, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish jarayonlari hamda 2009-yildagi pirovard vazifalarga bag’ishlandi. 2008-yil davomida olib borilgan iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o’zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy jabhalarda olib borilgan chuqur siyosat o’zining aloqa va axborotlashtirish tizimida yaqqol samarasini ifodaladi.

Vazifamiz qishloq joylarida sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishdir

pic

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan ma’ruzalarida alohida e’tibor bilan qaratilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalardan biri – qishloq aholisi turmush darajasini yuksaltirish, qishloqlarimiz qiyofasini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog’liq keng ko’lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznes maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan ko’rib chiqish va rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha muhim vazifalarning umumiy yo’nalishi belgilab berildi.

Wi-Fi tarmoqlari uchun dasturlar

pic

Hozirgi davrda nafaqat umumiy fan va texnika, balki birgina sohaga oid barcha yangiliklardan xabardor bo’lish ham juda qiyin. Har kuni ko’plab yangi texnologiyalar, qurilmalar, dasturlar paydo bo’ladi va bu son-sanoqsiz yangiliklarni bilib olish uchun ko’p vaqt hamda kuch sarflashga to’g’ri keladi. Buning uchun o’zingizda kuch va irodalilikni his etsangiz ham, vaqtingiz yetmaydi.

Scroll to Top