Infocom.uz

Mart 2009

Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalar uchun dasturiy ta’minot: muammolar, yechimlar

pic

Respublikamiz Prezidentining 2006-yil “Aholini kutubxona-axborot bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida kutubxonachilik ishi sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Qarorda ko’zda tutilgan yangi tipdagi axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlarini (AKM, ARM) tashkil qilish, katta mablag’ va vaqt talab qiladigan murakkab masala hisoblanadi.

ShK uchun bepul daturlar

pic

Ma’lumki, kompyuterdan foydalanish uchun uni sotib olishning o’zigina emas, balki dasturiy ta’minot ham zarur bo’ladi – uni ishga solish uchun xizmat qiluvchi (operatsion tizim, qurilmalar, drayverlar va boshqa) dasturlar bilan bir qatorda, amaliy ish faoliyatida zarur bo’ladigan (matn, grafik muharrirlari, Internet-brauzerlari, ta’limiy va ko’ngilochar dasturlar va hokazo) dasturiy ta’minotlar ham kerak bo’ladi.

Chet tillarini axborot texnologiyalari vositasida samarali o’rganish

pic

Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillarini mukammal bilish bo’lib qoldi. Xalqaro muloqot tillar o’rtasida yetakchi o’rinni egallab kelayotgan ingliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berilayotgani ham bejiz emas. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ingliz tili o’qitish, o’rgatish ilmiy yondashuv asosida, davr talablariga to’la javob bera oladigan yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat darajasiga ko’tarilib bormoqda.

Videokartani samarali sozlashga o’rganamiz

pic

Hozirgi kunda videoo’yinlar ishlab chiqaruvchilarining qo’yadigan talablari borgan sari oshib bormoqda va ushbu masalada videoadapterlar asosiy omil hisoblanmoqda. Videochiplarda amalga oshirilayotgan texnologiyalar karta resurslaridan samarali foydalanishga, ko’rsatkichlarini aniq sozlash esa ularning mahsuldorligini oshirishga imkon beradi. Videokartalar narxlari chegarasi juda keng. Deyarli har yarim yilda yangi seriyalari paydo bo’lmoqda va ularga yetib olishga barcha ham erisha olmaydi. Turli qo’shimchalardan foydalanish uchun videokartani to’g’ri sozlash zarur.

2008 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish ishlari yakunlari ko’rib chiqildi va 2009 yilda faoliyatning bundan keyingi istiqbolari va yo’nalishlari aniqlandi

pic

2009 yil 21 fevral kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hay’atining 2008 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish jarayoni bo’yicha sohadagi ishlar yakuni va 2009 yilda faoliyatning bundan keyingi istiqbollari va yo’nalishlarini aniqlashga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi ro’yxatdan o’tganligi haqida guvohnoma topshirildi

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi ro’yxatga olish organi tomonidan “Tillo-garant” (WebMoney Uzbekistan) mas’uliyati cheklangan jamiyati elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazining Davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidagi guvohnomani topshirdi.

Scroll to Top