Infocom.uz

Aprel 2009

Yetuk kadrlar tayyorlash davr talabi

pic

Mamlakatimiz mintaqalarida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, kasbiy ta’lim sohasida yosh mutaxassis bakalavr va magistr kadrlarni tayyorlash, shuningdek, o’quv muassasalari, korxona hamda tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan o’qituvchi, shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirishda qulaylik yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) filiallari tashkil etildi.

MTSning “GOOD’OK” xizmati butun O’zbekiston bo’ylab

pic

2009 yil 21 aprel kunidan boshlab, “GOOD’OK” xizmati O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amal qila boshladi. Endi MTS kompaniyasing abonentlari, Respublikaning qaysi hududida joylashganidan qat’iy nazar, ularga qo’ng’iroq kelganda, odatiy uzun gudoklar o’rniga kuy-qo’shiqlar va har-xil iboralarni tanlash va o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Kriptografiya sohasida yangi kitoblar

pic

Hozirgi kunda har qanday rivojlangan davlatda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatda egallagan o’rni tobora yuksalib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi ham axborotlashtirish sohasida keskin o’zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to’g’risida”, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo”, “Elektron hujjat aylanishi” to’g’risidagi qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Inqirozdan chiqish yo’llari

pic

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ‘Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari’ nomli kitobini o’rganishga bag’ishlangan anjuman o’tkazildi. Unda universitet professor va o’qituvchilari hamda talabalar qatnashdilar.

Scroll to Top