Infocom.uz

Iyun 2009

Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ta’sirini bartaraf etishning yo’llari va choralari mavzuiga bag’ishlangan seminar

2009-yil 19-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’umitasining “Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ta’sirini bartaraf etishning yo’llari va choralari” mavzuiga bag’ishlangan seminari bo’lib o’tdi. Seminar O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan hamkorlikda o’tkazildi.

Matbuot ma’lumotnomasi “O’zbektelekom” AK Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi

2009-yil 30-iyun kuni “Radisson SAS” mehmonxonasining Konferens-zalida “O’zbektelekom” AK Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Mazkur tadbirning kun tartibida o’rin olgan, Kompaniyaning 2008-yil yakuni bo’yicha moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari, 2008-yil buxgalterlik balansi va yillik hisobotini tasdiqlash, 2008-yil natijalari bo’yicha sof foydani taqsimlash va dividendlar to’lash, 2009-yil Biznes-rejasini tasdiqlash hamda aksiyadorlarning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar to’g’risida atroflicha muhokama qilinishi ko’zda tutilgan.

Internetda hisob-kitob jarayoni

Internetdan foydalangan holda qator qulayliklarga ega bo’lib, hisob-kitob ishlarini amalga oshirish mumkin. Bu jarayon quyidagi sxemada ko’rsatib berilgan. Internet sotuvchi va xaridor yer kurrasining ixtiyoriy nuqtasida bo’lishiga qaramay, on-line rejimda aloqa bog’lash imkonini beradi.

Istiqbol yuqori malakali kadrlarga bog’liq. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali oliy ta’lim muassasasi maqomida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish, o’qish jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bir qatorda, fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, mazkur ishlarning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, filialning istiqbol rejasi asosida ilmiy va il-miy-pedagogik xodimlar tayyorlash, yo’nalishlar bo’yicha moddiy-texnikaviy ta’minotini mustahkamlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani kuchaytirish kabi muhim va dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasida bir qator ishlarni bajarib kelmoqda.

Scroll to Top