Infocom.uz

Iyun 2009

Ochiq kodli dasturiy ta’minotni mahalliylashtirish: foydalanuvchi interfeysini ona tiliga o’girish

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari dunyosida yangi texnologiyalar va ular bilan birga, yangi imkoniyatlar avvalgidan ham tez sur’atlarda kirib kelmoqda. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot harakati bu shunday taraqqiyotki, u hozirda bizning oldimizda turibdi. Bu bosqichma-bosqich taraqqiyot jarayoni, yangi texnologiya, yangi bilimlar, standartlar hamda boshqa ko’plab narsalarni anglatadi. Bu davlat va xususiy sektorga hamda ta’lim muassasalariga ko’plab imkoniyatlarni ochib beradi. Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foyda olgan va tatbiq etgan tashkilotlar, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar mos ravishda katta daromad oldilar, bu imkoniyatdan foydalanmaganlar esa o’z AKT taraqqiyotlarini boshqalarga nisbatan orqada qolganini ko’rishlari mumkin.

Virtual muhitning psixologik xususiyatlari

Virtual olam intersubyektiv deb ataluvchi dunyodan katta farq qiladi. Nollar va birlar bilan yozilgan alohida aloqalar bilan insoniy o’zaro munosabatlardagi masofaviy hamda chegaralarni kengaytiradi. Shaxslar nodir xususiyatlarini va sezgi munosabatlarini raqamlashtirish hech bir masofada aniq jamlanmagan ajoyib masofaviy tuzilishini yaratadi.

Qishloqlarda zamonaviy aloqa

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil 13 fevralda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisidagi ma’ruzasida 2009 yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili Davlat dasturini izchil amalga oshirish, qishloqlarimizda hayot sifatini tubdan yuksaltirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgandi.

Scroll to Top