Infocom.uz

Iyul 2009

Maqsadlar ro’yobga chiqmoqda. “O’zbektelekom” AK aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig’ilishi

uztelecom_21_07_2009
2009-yil 30-iyun kuni «Radisson SAS» mеhmonxonasining Konfеrеns-zalida «O‘zbеktеlеkom» AK aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning kun tartibida o‘rin olgan, Kom-paniyaning 2008-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari, 2008-yil buxgaltеrlik balansi va yillik hisobotini tasdiqlash, 2008-yil natijalari bo‘yicha sof foydani taqsimlash va dividеndlar to‘lash, 2009-yil Biznеs-rеjasini tasdiqlash hamda aksiyadorlarning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar to‘g‘risida atroflicha muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Davriy nashrlarga 2010 yilgi obuna boshlandi

small_03006
2009 yil 15 iyul kuni O’zbekiston Milliy matbuot-markazida davriy nashrlarga 2010 yilgi obuna kampaniyasining boshlanishiga bag’ishlangan matbuot-anjumani bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi vakillari, O’zbekiston bozorida davriy nashrlarni tarqatish bilan shug’ullanuvchi ikki yirik kompaniya – “Matbuot tarqatuvchi” AK va “O’zbekiston pochtasi” OAJ rahbarlari, hamda gazeta va jurnallar tahririyatlari vakillari ishtirok etdi.

Scroll to Top