Infocom.uz

Avgust 2009

AKT Sammit 2009

sammit_4_08_2009
O’zbekistonda 2009-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahrida AKT Sammit 2009 -Axborot-Kommunikasiya Texnologiyalari bo’yicha (AKT) yettinchi Milliy Sammit bo’lib o’tadi. AKT Sammit 2009 O’zbekistonda har yili kuz faslida o’tkaziladigan va respublikamizda AKT sohasida eng yorqin hodisalardan biri hisoblangan AKT – InfoCom Haftaligi doirasida tashkil etiladi.

Fеstivalga ariza bеrish yakunlanishiga 10 kun qoldi

if_4_08_2009
Milliy domеn «UZ» 2009 Intеrnеt-fеstivali tashkilotchilari nomidan shuni ma’lum qilamizki, nominatsiyalar bo‘yicha qatnashchilarni fеstivalda ishtirok etishini qayd etish 2009-yil 15-avgust kuni yakunlanadi. Fеstival joriy yil 29 aprеl kuni start olib, qatnashchilarni qayd etish boshlanganligi to‘g‘risida matbuot anjumanida xabar bеrilgandi. Eslatib o‘tamiz, fеstival dasturiga 13 mavzuli va 3 maxsus nominatsiyalar kiritilgan.

Kattaligi Pushkinning kitobi bilan, hajmi kutubxona bilan teng! Samsung STORY Station tashqi ma’lumotlarni to‘plovchisi

samhdd_27_07_2009

Siz qachondir har birimiz hayotimizda qancha qo‘shiqlarni tinglaganimiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmisiz? Shuncha vaqt davomida qancha eski fotosuratlarni saqlashimiz yoki qancha badiiy filmlarni tomosha qilishimiz to‘g‘risida-chi? Bizning multimediali asrimizda axborotlar endi kitoblar tomlari, plastinkalar va kassetalar bilan emas, balki saqlanadigan, olib yuradigan va ko‘chirib oladigan terabaytlar bilan o‘lchanadi.

Scroll to Top