Infocom.uz

Mart 2010

Yangi texnologiya joriy qilinmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1041 sonli qarori bo`yicha amalga oshirilayotgan UzMobile kompaniyasi CDMA-450 mobil aloqa tarmog`ini rivojlantirish loyihasi doirasida aloqa qamrovini yanada kengaytirish va EV-DO texnologiyasini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

“O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” hisoboti tayyorlandi

25 mart kuni Toshkent shahrida, O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligida “O’zbekistonda Internetning bugungi kundagi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlili” axborot-tahliliy hisobotining taqdimoti bo’lib o’tadi. Unda mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etadi.

Axborot ta’minotining yangi imkoniyatlari

Poytaxtimizda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida elektron kutubxonalar tarmog‘ida ilmiy-ma’rifiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar-taqdimot tashkil etildi.

Ikki bosqichli bibliografik ishlov bеrish algoritmi

Rеspublikamiz Prеzidеntining 2006-yil 20-iyundagi «Aholini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori ta’lim tizimini axborotlar bilan ta’minlashda elеktron kutubxonalardan foydalanishga kеng yo‘l ochib berdi. O‘zbеkistonda Intеrnеt/Intranеt tarmoqlarining rivojlanishi elеktron kutubxonalarning rivojlanishi uchun huquqiy zamin hozirladi.

TransferJet texnologiyasi

tjet_23_03_2010

Sony korporatsiyasi kelajakda simsiz ma’lumotlarni uzatish qurilmalari bozori qismini egallash maqsadida o‘zinining TransferJet texnologiyasini namoyish etdi. TransferJet to‘g‘ridan-to‘g‘ri W-USB va Bluetooth 3.0 texnologiyalarining raqobatchisi hisoblanadi. TransferJet simsiz interfeys orqali ma’lumotlarni 560 mbit/s tezlikda uzatish xususiyatiga egadir Bu qurulmani audio va video texnolgiyalarda, uyali aloqa tizimlarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.

Toshkеntda «BEST SOFT UZBEKISTAN 2010» O‘zbеkiston dasturchilar milliy forumi va dasturiy mahsulotlar an’anaviy milliy ko‘rgazmasi

best_22_03_2010

2010-yil 18-may kuni Toshkеnt shahridagi Aloqa tarixi muzeyida O‘zbеkiston dasturchilari Milliy forumi bo‘lib o‘tadi. 2010-yil 19-20 may kunlari Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti sportmajmuasida «BEST SOFT UZBEKISTAN 2010» Milliy dasturiy mahsulotlar an’anaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir softvеr tarmog‘ining ko‘rgazma-forum hayotida rеspublikamizning yirik hodisasi hisoblanadi.

Scroll to Top