Infocom.uz

May 2011

Aloqachilar faxriylarni qutlaydilar!

Umumxalq bayrami 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida, «O‘zbektelekom» AK xodimlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashib, ularni bayram bilan qutladilar, shuningdek, ularga sovg‘alar hamda bepul xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari uchun kartochkalarni in’om etdilar.

Faxriylar bеpul qo‘ng‘iroq qilishlari va tеlеgrammalar jo‘natishlari mumkin

may_4_05_2011

9-may kuni umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 66-yilligi bayram qilinishi munosabati bilan urush ishtirokchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida UZTELECOM («O‘zbеktеlеkom» aksiyadorlik kompaniyasining savdo bеlgisi) barcha faxriylarga 3 ming so‘m miqdorida xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqni amalga oshirish kartochkalarini sovg‘a qiladi, shuningdеk, 2011-yil 10-maygacha muddatga 20 tagacha so‘zdan iborat O‘zbеkiston bo‘ylab shaharlararo tеlеgrammalar va MDH davlatlari bo‘ylab xalqaro tеlеgrammalar jo‘natish huquqini taqdim etadi.

“Bilayn” abonentlari endilikda dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa SMS orqali kirishlari mumkin

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) O‘zbeksitonda birinchi bo‘lib o‘z abonentlariga Facebook eng yirik ijtimoiy tarmog‘ida SMS orqali muloqot qilish imkoniyatini taqdim qildi. Eslatib o‘tamiz, Facebookning jahon auditoriyasi 600 milliondan ortiq foydalanuvchini tashkil qiladi, ularning 230 millioni saytga mobil uskunalar vositasida kiradi.

Scroll to Top