Infocom.uz

Iyul 2011

Bino Servis “Bino Servis” xizmat ko‘rsatadi

Hayot shiddat bilan davom etmoqda. Korxona va tashkilotlarda olib borilayotgan ishlar ham shunga mos ravishda rivoj topyapti. Bu rivojlanish, bu shiddat aloqa sohasi korxona va tashkilotlarida, ayniqsa, kuchli va keng miqyosli. Aholining aloqa xizmatiga ehtiyoj va talablari tobora ortib boryotganligi sohada mehnat qiluvchilarning ish sharoitlarini yanada yaxshilashni ham talab etmoqdaki, bu masala soha rahbarlarining doimiy diqqat-e’tiborida turibdi.

“Bilayn” oliy o‘quv yurtlarini tanlash va kirish imtihonlari natijalarini bilishga yordam beradi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) “Zava Mobile” kontent-provayderi hamda Davlat test markazi bilan birgalikda yangi noyob “Abiturient-2011” axborot xizmati ishga tushirilganligi haqida e’lon qiladi. Xizmat SMS orqali oliygohlardagi istalgan yo‘nalish bo‘yicha tanlovni aniqlashga, shuningdek, shaxsiy natijalarni bilishga imkon beradi.

Dolzarb vazifalar muhokama qilindi

itogi_10_07_2011

8-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya tеxnologiyalari masalalari Qo‘mitasining kеngaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbеkiston Rеspublikasi Qonunining Xalq ta’limi vazirligi va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tizimlarida ijro etilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat-tahlil yakunlari muhokama etildi.

Davra suhbatlari o‘tkazilmoqda

“O‘zbеkiston pochtasi” OAJ filiallari, pochta aloqa tarmoqlarida Istiqlolning 20 yilligi oldidan pochta xizmati xodimlarining ijtimoiy-siyosiy hamda huquqiy savodxonligini oshirish, ular ongida fuqarolik, Vatanga fidoyilik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida Rеspublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari o‘tkazila boshladi.

Scroll to Top