Infocom.uz

Sentabr 2011

Beeline G2100 telefoni bir yillik bonuslari bilan endilikda Beeline Business mijozlariga ham sotiladi

“Beeline Business” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK MCHJ) birinchi brendlangan Beeline G2100 telefonini taqdim qiladi. Yangi apparatning asosiy afzalliklari uning oddiyligi va $41 bo‘lgan arzon narxda ishlatish qulayliklari hisoblanadi. Telefon sotib olinganda mijozga yil davomida har oyda tarmoq ichida chiquvchi 100 daqiqa va chiquvchi 100 ta SMS taqdim qilinadi.

Namangan va Samarqand viloyati aholisi uchun aksiya: barcha qo‘g‘iroqlar daqiqasi uchun $0,01

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Namangan va Samarqand viloyati aholisi uchun “Shunchaki! Bir yarim!” tarifi bilan aksiya o‘tkazmoqda. Endilikda mazkur tarifga ulangan holda, boshqa viloyatlar aholisi O‘zbekiston bo‘yicha barcha raqamlariga imtiyozli narx – daqiqasi uchun 1 sent evaziga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Poytaxt va Toshkent viloyati uchun aksiya: hisob to‘ldirilganda tarmoq ichida $0

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) poytaxt va Toshkent viloyati aholisiga “O!” tarifi bilan aksiya o‘tkazmoqda. Endilikda hisobni 2000 so‘mga to‘ldirib, abonent bir hafta davomida tarmoq ichida bepul so‘zlashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, bir haftalik tarmoq ichidagi bepul so‘zlashish “O!” tarifiga yangi ulanganda ham sovg‘a tariqasida taqdim etiladi.

Dolzarb mavzuda davra suhbati

Mustaqillik yillarida yurtimizda ayolni ulug‘lash, uni ijtimoiy muhofaza qilish, ayolning jamiyatdagi nufuzini oshirish borasida qabul qilingan barcha muhim hujjatlar xotin-qizlarning istе’dod va imkoniyatlarini namoyon etish uchun sharoit yaratib bеrdi.

Scroll to Top