Infocom.uz

Iyul 2012

“Bilayn” Samsung GALAXY S III smartfonini sotishni boshlaydi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) O‘zbekiston operatorlaridan birinchi bo‘lib uchinchi avlod Samsung GALAXY S III smartofonlarini rasmiy sotishni boshlamoqda. 21 iyuldan boshlab uni kompaniyaning Toshkentdagi o‘z ofislarida sotib olish mumkin, keyingi hafatadan esa u “Bilayn”ning barcha salonlarida paydo bo‘ladi. Samsung GALAXY S III narxi jismoniy shaxslar uchun 2 200 000 so‘m va $970 – korporativ mijozlar uchun.

“Bilayn” markaziy ofisining oldida SMS-TO‘LOV mobil shahobchasi ochildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniya ofisining oldida SMS-To‘lov naqd pulsiz to‘lovlar tizimida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati haqida xabar beradi. SMS-TO‘LOV – bu to‘lovlarning protsessing tizimi bo‘lib, u mijoz va kompaniya o‘rtasida mijozlarning bank hisoblaridan elektron to‘lovni amalga oshiruvchi to‘lovlar boshqaruvining avtomatlashtirilgan bank tizimiga generatsiya qilingan.

“Bilayn” tarmog’iga og‘irlik o‘smoqda, internet-kanal sig‘imi 15% oshirildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) tarmoqning 19 iyuldagi faoliyati yakunlari haqida xabar beradi. Ushbu kunda kompaniya tarmog‘idagi o‘rta sutkalik ovoz trafik 27%, tarmoqning alohida segmentlari bo‘yicha esa – 68% o‘sdi. Bunda texnik direksiya sutkalik rejimda aloqa kanallarini maqbullashtirish hamda kengaytirish ustida ish olib bormoqda.

Scroll to Top