Infocom.uz

2012

UCG Beeline 2012 chempionati Toshkent hududiy saralash turniriga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish jarayoni yakunlanmoqda

6-8 avgust kunlari Toshkentdagi ikkita klubda UCG Beeline 2012 chempionati doirasida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar uchun oxirgi hududiy saralash turniri bo‘lib o‘tadi. 3 avgust kuni to‘rtta o‘yin bo‘yicha ishtirokchilarini ro‘yxatga olish yakunlanadi: Counter Strike 1.6, FIFA 2011, Dota AllStars 5×5 va NFS Most Wanted.

“Bilayn” va Samsung 3-5 avgust kunlari Akvaparkda GALAXY S III taqdimotini o‘tkazadilar

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) va Samsung 3, 4 va 5 avgust kunlari STATUS va Samsung GALAXY S III ko‘magida dam olish shousini o‘tkazishi haqida e’lon qiladi. Juma kunidan yakshanba kuniga qadar poytaxtdagi Akvaparkda bayram mehmonlarini sovg‘alar o‘ynaladigan, tanlovlar, viktorinalar va raqslar o‘tkaziladigan qiziqarli dastur kutmoqda.

“Ucell” dilerlar uchun yangi imkoniyatlarni taklif etadi

Zamonaviy biznesni hamkorlik aloqalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Menga hamkoring kimligini ayt va men senga kimligingni aytaman”, – mashhur maqolni real ishchi munosabatlarga qo‘llagan holda shunday ifodalash mumkin. So‘z uyali aloqa provayderlari aloqador bo‘lgan yuqori texnologiyali kompaniyalar haqida ketganida, hamkorlik va dilerlik aloqalarini o‘rnatish masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Shuning uchun biz “Ucell”ning savdo departamenti direktori Elchin Jabarov bilan uchrashib, undan ayrim savollarimizga javob berishini so‘radik.

Davlat aloqa inspеksiyasi boshlig‘i Shomansur Abidxodjayev bilan suhbat

Davlat aloqa inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, litsenziya kelishuvi bitimlarining talablariga rioya qilinishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi borasida davlat nazoratini yuritib kelmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Hay’at yig‘ilishlari qarorlari, buyruq va farmoyishlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Beeline Business avgust oyining oxiriga qadar “Biznes Erkinlik” tarifi shartlarini o‘zgartiradi va uning abonentlariga 500 SMS dan sovg‘a qiladi

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Biznes Erkinlik” tarif rejasi shartnlarida vaqtinchalik o‘zgarishlar haqida xabar beradi. 2012 yil 1 avgustdan 31 avgustga qadar oldindan to‘lov tizimi abonentlari uchun tarmoq ichidagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar limiti oyiga 1000 daqiqani, prepaid-platforma abonentlari uchun esa – 500 daqiqani tashkil etadi.

«Ucell» kompaniyasi ISO 9001:2008 standartiga muvofiq faoliyatini yana bir bor tasdiqladi

1998-yilda xalqaro avtomatlashtirilgan rouming xizmatini yo‘lga qo‘ygan «COSCOM» kompaniyasi innovatsiyalar, boshqaruv sifatini doimiy ravishda olib borish siyosatini davom ettirmoqda. 2002-yilda kompaniya abonentlari dunyoning 100 dan ortiq tarmoq qoplamalariga ega rouming tizimidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. 2004-yildan boshlab kompaniya O‘zbekistonda prepaid tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ISO 9001-2000 xalqaro sertifikatga ega bo‘lish orqali innovatsiya va sifat sohasida yetakchi o‘ringa chiqib oldi.

Scroll to Top