Infocom.uz

Nashr haqida

InfoCOM.UZ Internet nashri – O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari

«InfoCOM.UZ» MCHJ 2002-yilda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) tashabbusi bilan tashkil etilgan.

2019-yilgacha «InfoCOM.UZ» jurnali bosma versiyasiga ega edi.

2019-yildan boshlab InfoCOM.UZ faqat onlayn versiyada nashr etilmoqda. O‘zAA 0626-sonli internet OAV litsenziyasiga ega.

InfoCOM.UZ Internet nashri – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AKT sohasida tarmoq nashri bo‘lib hisoblanadi.

Asosiy mavzusi: O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari.

Nashrning asosiy maqsadli auditoriyasi – O‘zbekiston AKT sohasi mutaxassislari, kompyuter tashabbuskorlari va ilgor intiluvchan foydalanuvchilari.

Nashrning har oylik auditoriyasi: 5000dan ortiq saytga tashrif buyuruvchi https://t.me/infocom_uz telegram kanali vа https://www.facebook.com/infocom.uz/ Feysbuk sahifasi obunachilaridan iborat.

16-yildan ortiq vaqt mobaynida, jurnal sahifalarida, muntazam ravishda: Microsoft, IBM, Intel, CISCO, Samsung, Oracle, LG Electronics, Huawei Technology, ZTE, Motorola, Fujitsu, Epson, Panasonic, Konica Minolta, Xerox, «Лаборатория Касперского (Kasperskiy Laboratoriyasi)», Softline va boshqa ko‘plab jahonga mashhur brendlar materiallari chop etilib kelinadi.

O‘zbekistonning deyarli barcha yirik tashkilot va kompaniyalari, AKT sohasida ixtisoslashgan operator va provayderlar o‘z materiallari va yangiliklarini infoCOM.UZ saytida e’lon qiladilar.

Nashr O‘zbekistonning yetakchi IT- oliy ta’lim muassasalari – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent shahridagi INHA Universiteti bilan maqolalar va materiallar nashr etishda faol hamkorlik qiladi.

2004-yilda jurnal tomonidan mamlakatimizda AKT Haftaligini o‘tkazish konsepsiyasi taklif etilgan va shu vaqtdan boshlab ICTWeek Uzbekistan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligining faol hamtashkilotchilaridan bo‘lib hisoblanadi.

InfoCOM.UZ – mualliflik nashri bo‘lib hisoblanadi va keyingi 16-yil mobaynida uning sahifalarida 350dan ortiq muallif qalamiga mansub bo‘lgan, 6000tadan ortiq maqolalar va materiallar chop etildi.

Bugungi kungacha jurnal saytida 16 000dan ortiq materiallar o‘zbek va rus tillarida chop etilgan. Ular orqali keyingi 18-yil mobaynida mamlakatimizda va jahonda AKT rivojlanish tarixini osongina kuzatib borish mumkin.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Читайте также:

Bulutli xizmatlar statistikasi

Bulutli xizmatlar 2023-yilda barqaror ishlashni namoyish etishda davom etdi. Bulutli hisoblash sog’liqni saqlash, moliya, ishlab chiqarish va ta’lim kabi boshqa

Scroll to Top