Infocom.uz

09 xizmati – barcha ma’lumotlarga ega

pic

Xususiy tadbirkorlarning ko’rsatadigan xizmatlari to’g’risida ham axborot olish mumkin. Murakkab vaziyatda kimga murojaat etishni bilolmay turgan paytda ham – ma’lumot-axborot xizmati telefonchisi yordam berishga shay va u qanday yo’l tutish kerakligini aytib bera oladi. Har kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari hamda boshqa shaharlar va mamlakatlar abonentlariga 15000 ga yaqin ma’lumotlar beriladi. Charchab toliqqan yo’lovchi ko’zlagan manzilining to’g’ri telefon raqamlarini bilib olishi uchun yana qayerga qo’ng’iroq qilishi mumkin? Afsuski, hech ikkilanmay ayta olamanki, barcha poytaxtimiz aholisi va mehmonlari ham mana shu, ajoyib xizmatning barcha imkoniyatlari to’g’risida to’liq ma’lumotga ega emaslar… 09 ma’lumot-axborot xizmati juda keng turlardagi: teatrlar telefonlaridan tortib, to repertuarlarigacha barcha-barcha ma’lumotlarni beradi. Bu xizmat faoliyatida o’z ishiga mehr qo’ygan fidoyilar ishlaydilar. Xizmat boshlig’i e.X.Ishakova: “Agar mijoz savol bersa va biz unga javob bera olmasak, yaqin vaqt ichida kartotekamizda shu va shunga yaqin savollar javobi paydo bo’ladi” – deb aytadi.

Hozirgi kunlarda, jonajon shahrimizning 2200 yilliga arafasida, shahrimiz o’zgarib va ko’z oldimizda go’zallashib borayoigan bir paytda 09 ma’lumot-axborot xizmati butun mamlakatda hali mavjud bo’lmagan yangi xizmatni yo’lga qo’ymoqda. Jonajon shahrimiz qiyofasini yaxshilash maqsadlarida halqa yo’llar qurilmoqda, qo’shimcha yo’nalishlar kiritilmoqda va shaharni yaxshi biladigan inson ham har doim biror-bir ko’chaga yoki biror muassasaga qanday borishni tezlikda bilib ololmaydi. TShTT mutaxassislari tomonidan, shahrimiz aholisi va mehmonlari uchun maxsus yangi “Navigator” xizmati ishlab chiqildi. Kunu tun davomida, bor-yo’g’i 50 so’mga qanday yo’l bilan boorish mumkinligi, qayerda joylashganligi va qanday mo’ljallar borligi to’risida aniq javob olish mumkin. Faqatgina bizning mutaxassislarimiz shaharning u yoki bu chekkasiga borish uchun shahar transportining eng qulay yo’nalishi haqida aytib bera oladilar.

pic

Shahrimiz mehmonlari ko’pincha yana bir muammo – turar joylariga eng yaqin joylashgan biror-bir muassasa: poliklinika, stomatologiya, go’zallik salonlarini izlash muammosiga duch keladilar va mana shu masalada bizning 09 ma’lumot-axborot xizmatimiz qizlari yordam bera oladilar. Siz turgan joy mo’ljali va ko’cha nomini aytsangiz bo’lgani, yaqinda joylashgan dorixona, kassa va shu kabilar to’g’risida aniq javob olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, kundalik hayotimizdi ba’zan nutqimizda yaqinda paydo bo’lgan so’zlarga duch kelamiz. Lingvistika eynshteynlari turmushimizga shunday so’zni kiritib nimani ko’zda tutganlarini har doim aniq tushuna olmaymiz. 09 ga qo’ng’iroq qilsangiz bo’lgani va ushbu so’z mazmunini olishingiz mumkin bo’ladi. Shu kabi rus tilidan o’zbek tiliga va aksincha, so’zlar aniq tarjimasini ham olish mumkin.

pic

09 ma’lumot-axborot xizmatining eng mashhur xizmatlaridan biri – kommunal xizmatlarga tariflar to’g’risidagi axborot – poytaxtimiz aholisi orasida haqli ravishda katta talabga ega. Har doim ham tariflardagi barcha o’zgarishlarni doim kuzatib bilib borishning iloji bo’lmaydi. Albatta, tariflarni bevosita kassaning o’zida bilib olish mumkin, lekin bunda kassaning kichik oynasi oldida egilib turgan holda, shoshilib to’lanadigan pul miqdorini hisoblashga to’g’ri keladi. Bu ishni amalga oshirishda 09 xizmatiga qo’ng’iroq qilib, uyda xotirjam hisoblab olgandan keyin to’lash yanada qulayroq bo’ladi.
09 ma’lumot-axborot xizmati mutaxassislari bilan muloqot qilish shahrimizning faqatgina aholisi uchun emas, balki ko’plab firmalar, ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yurituvchi firmalar uchun juda foydali, sizning xizmatlaringiz to’g’risida shahrimiz har bir aholisi axborot olishlari mumkin bo’lishi uchun xizmat kartotekasiga Sizning raqamingizni kiritish to’g’risidagi maxsus arizani to’ldirsangiz bas. Bu xizmat umuman bepul. Shahar telefonlaridan tashqari mobil telefonlar raqamlarini ham ko’rsatish mumkin, ular ham mijozlarga beriladi.

Umuman olganda: “eski qadrdon do’st ikki yangi do’stdan yaxshi” deb bejiz aytmaganlar – 09 xizmati, shunday odatiy xizmat, o’z faoliyat doirasini doim kengaytirib boradi va serquyosh poytaxtimiz aholisi va mehmonlari hayotiy ehtiyojlarini yengillashtirishga harakat qiladi.

Olingan manba: TSNTT filiali “Uzbektelekom” AK sayti [url=http://www.tshtt.uz]www.tshtt.uz[/url]
Maqola “Novosti Uzbekistana” gazetasining N 11 sonida e’lon qilingan 20.03.09
Fotosuratlar infoCOM.UZ jurnali arxividan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top