Infocom.uz

“16-Osiyo o‘yinlari, Xitoy (Guanchjou)” pochta markasining chiqarilishi haqida

mark_25_10_2010_1

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2010 yil 25 oktabrda “16-Osiyo o‘yinlari, Xitoy (Guanchjou)” nomli maxsus pochta markasi muomalaga chiqarildi.

Pochta markasida ringdagi boksyorlar fragmenti tasvirlangan, markaning yuqori qismida o‘ng tomonida rasmiy ravishda tasdiqlangan “16-Osiyo o‘yinlari Guanchjou-2010” emblemasi va o‘zbek tilida lotin grafikasida «16-OSIYO O‘YINLARI, XITOY (GUANCHJOU)» yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 42×30 mm. Identifikatsiya raqami berilgan
924- “16-Osiyo o‘yinlari, Xitoy (Guanchjou)” Nominal – 800 so‘m. Adadi 20 ming nusxa.

Dizayner – Karimov T. Manba: www.pochta.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top