Infocom.uz

2008 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish ishlari yakunlari ko’rib chiqildi va 2009 yilda faoliyatning bundan keyingi istiqbolari va yo’nalishlari aniqlandi

2008 yilda o’tkazilgan iqtisodiy ilohotlar, tuzilmalarning yangilanishi, iqtisodiy hamda ijtimoiy siyosat aloqa va axborotlashtirish sohasiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida so’nggi yillarda axborot kommunikatsiya va texnologiyalari sohasida xizmat ko’rsatish darajasining bir yillik o’sish ko’rsatkichi o’rtacha 50 foizni tashkil etganligini alohida ta’kidladi. G’isobot davri davomida sohadagi korxonalar tomonidan ko’plab yutuqlarga erishildi.

Hay’at ishida agentlikning bo’lim va hududiy boshqarma, aloqa va axborotlashtirish sohasining aksiyador kompaniya va ularning viloyat filiallari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari univeriteti kafedra mudirlari ishtirok etdi. Agentlik tarkibidagi hududiy korxonlarning yig’ilishdagi ishtiroki videokonferensiyaaloqa yordamida ta’minlab turildi. Barcha viloyat va tuman markazlari audioselektor aloqa orqali ulandi.

Hay’at yig’ilishida O’zbekiston aloqa axborotlashtirish agentligi bosh direktori A.Aripovning kengaytirilgan ma’ruzasi tinglandi.

2008 yil davomida aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar tomonidan 1440,0 milliard so’mlik (o’tgan yili 160,0 foizni tashkil etgan edi) xizmat ko’rsatildi. Aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha 60 foiz, ya’ni 864,7 milliard so’mlik foyda ko’rildi. Ushbu ko’rsatkich 2007 yildagiga nisbatan 67,4 foizga ortiq.

2007 yilga nisbatan aloqa xizmatini ko’rsatish hajmidagi o’sish quyidagi ko’rsatkichga ega: shaharlararo va xalqaro so’zlashuvlar hajmi 1,5 foiz, yozma korrespondensiya 3,5 foiz, posilkalarni jo’natish 11,0 foiz, pul o’tkazmalari 11,8 foizga ortdi.

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi korxona va tashkilotlarida eksport bo’yicha topshiriqlar 2008 yilda 140,4 foiz bilan bajarildi.

2008 yilda asosiy telefonlarning soni 26,2 mingta, 2009 yilning 1 yanvarigacha 1,84 million donani tashkil etdi. ATSlarning raqamlashtirilish darajasi 88,8 foizni ko’rsatdi.

2009 yilning 1 yanvarigacha mobil aloqa abonentlarning soni 12,650 milliontani tashkil qildi. (2008 yil davomida mobil aloqa xizmatiga 6,612 million abonent ulandi).

Bevosita xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilgan loyihalar natijasida 288,9 million AQSh dollari yoki 381,6 milliard so’m o’zlashtirildi. (Yillik reja 164 foiz ortig’i bilan bajarildi).

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish natijasida quyidagilarga erishildi:

-raqamlashtirish darajasi 88,8 foizga yetkazildi, vazifa 107,6 foizi bilan bajarildi;
-raqamli telefon apparatlari bilan ta’minlanish har yuz kishiga 6,24ni tashkil etib, ishning puxta bajarilganligini namoyon etadi. Bu esa rejaning 100 foizlik natija bilan amalga oshirilganligidan dalolatdir.

Yozuv korrespondensiyasi har 1000 kishiga 630 tani tashkil etadi va reja 100 foiz bajarilganligini namoyon etadi. Pochta aloqasi korxonalarida elektron pochtadan foydalanuvchilarning soni 15,330 ming kishini tashkil etdi. Bu esa 34,1 marta ko’p deganidir.

“Pochta aloqasi tarmog’ini modernizatsiya qilish, 2010 yilgacha axborot-kommunikatsiya texnolgoyalari asosida yangi xizmat turlarini joriy qilish va rivojlantirish” dasturini joriy qilish orqali ushbu ko’rsatkichlarga erishildi.

Ayni vaqtda Internet tarmog’ida “Davlat-fuqaroga” (G2S), “Davlat-Tadbirkorga” (G2B) va “Davlat-Xorij fuqarosiga” (G2C) modullarini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasining G’ukumat portalini modernizatsiyalash bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. G’ukumat portalida ushbu modullarni joriy qilish fuqaro va biznes olami vakillariga hukumatning interaktiv xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Shuningdek, www.uz milliy axborot-qidiruv xizmati modernizatsiya qilinmoqda. Tizimda “Ko’chirma statistika” xizmati joriy qilingan bo’lib, u orqali O’zbekistonda Internet tarmog’ining rivojlanish dinamikasi aks etadi. www.uz hisoblagichlarini o’rnatgan barcha milliy saytlarning tashrif buyurishi bo’yicha statistika ma’lumotlari ushbu bo’limdan o’rin olgan. 2009 yilning 1 fevraliga qadar bo’lgan davrda 14 milliondan ziyodroq tashrif buyuruvchilar qayd etildi.

2009 yilning 1 yanvariga qadar ma’lumotlar uzatish, shu jumladan, Internet tarmog’iga ulanish xizmatini taqdim etuvchi xo’jalik sub’ektlarining soni 856 tani tashkil etdi. Internetdan jamoaviy foydalanuvchilar shoxobchalarining umumiy soni 872 tani tashkil etdi.

pic

Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanuvchilarning foydalanish umumiy tezligi sekundiga 825 Mbitga yetdi. Internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni 2,46 million nafar, ya’ni har ming kishiga 87 nafar foydalanuvchini tashkil etdi.

Uz maydonida ro’yxatdan o’tgan domenlar miqdori bugungi kunda 7600 ko’rsatkichidan oshdi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, 2008 yil boshida ushbu raqam 6000 domenni tashkil etgan edi. (26,7 foizga o’sdi).

Barcha davlat boshqaruvi organlari Internet tarmog’iga ulangan.

Elektron hujjat almashinuvi tizimini rivojlantirish va uni amaliyotga tadbiq etish, dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning eksportini qator yo’nalishlar orqali rivojlantirish bo’yicha ko’plab ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan :

-maxsus vakolatli organ tashkil etilib, unda elektron raqamli imzoni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha 3 ta markaz ro’yxatdan o’tgan. 2008 yilning so’nggigacha elektron raqamli imzoning kalitlari va sertifikatlari soni 28900 tani tashkil etdi;
-2008 yil yakuniga ko’ra, dasturiy maxsulot ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar soni 210 tani tashkil etdi;
-yil davomida tashkil etilgan o’quv kurslarida 1298ta dastruchi tayyorlandi.

2008 yil davomida Axborot-kutubxona markazlari fondi 20 mingdan ortdi, ularning umumiy fondi esa 4,888 million nus’hani tashkil etdi. Xujjatlarning eletron nus’hasi kiritildi, kitoblar to’plamining 202 mingdandan ortig’i, nomzodlik ishi, avtoreferat va jurnallarning elektron kataloglari tuzildi.

2008 yil yakuniga ko’ra, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlar va korxonalarida malaka oshirish bo’yicha ishlab chiqilgan rejaga muvofiq respublikamizning bir qator malaka oshirish markazlari va malaka oshirish sohasi markazlari bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalariga muvofiq, boshliq ishchilar, mutaxassislar va soha ishchilari uchun texnik savodxonligi, mutaxassislik bo’yicha malaka oshirish o’quv kurslari, seminarlar va treninglar tashkil etildi. G’isobot davrida sohaning 10277 nafar boshliq ishchilari va mutaxassislari malaka oshirdilar.

A.Aripov o’z ma’ruzasida mavjud yechilmagan muammolarga o’z e’tiborini qaratdi.

Avvalo, sohadagi xizmat ko’rsatish va servisni rivojlantirish, aloqa va axborotlashtirish sohasida xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, milliy axborot resurslari tizimini rivojlantirish, barcha davlat organlarining Internet tarmog’i orqali amalga oshirilayotgan davlat interaktiv xizmatini tashkil etish, sohadagi korxonlarning veb-sahifasi orqali interaktiv xizmatlarni tashkil etishni ta’minlash, Respublikamiz axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash, respublikamiz va xalqaro doirada va boshqa miqiyosdagi elektron pul o’tkazmalari xizmatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish shular jumlasidandir.

Sohadagi korxonalarning qishloq hayotini yaxshilash, qishloq hududida qo’shimcha ish o’rinlarini tashkil etish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishdagi har tomonlama qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik va kichik biznesdagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida qishloq hududida tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish va ularning sonini ko’paytirishni har tomonlama qo’llab-qo’vvatlash uchun unga doir choralar ko’rish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, yosh kadrlarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish, ularning aloqa va axborotlashtirish sohasi kompaniyalari va korxonalarida faoliyat yuritishlari uchun sharoit yaratish, mavjud bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot berish, bitiruvchilarni korxonalarda ishlashi uchun sharoit yaratish kabi masalalar ko’rib chiqildi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va sohaning boshqa o’quv muassasalaridagi talabalarning bilim olish sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda shuningdek, “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Sh.Sodiqov, “O’zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori R.Qosimov, Davlat aloqa inspeksiyasi boshlig’i Sh.Obidxo’jayev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori S.Qosimov va boshqalar ma’ruza qildi.

Hay’at a’zolari muhokama qilingan mavzular bo’yicha tegishli xulosaga keldi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top