Infocom.uz

“3G Wi-Fi router Bilayn” – karmondagi mobil Wi-Fi

“3G Wi-Fi router – bu haqiqiy mobil Internet, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Biz anchadan beri biznes-mijozlar orasida ilgari surayotgan Wi-Fi-uskunalar ommaviy bozorda ham talabga ega bo‘lib chiqdi va devayslarning yangi turlarini taklif qilgan holda ushbu talabni qondirishga harakat qildik”.

Mobil “3G Wi-Fi router Bilayn” GPRS/EDGE/UMTS/HSDPA uyali tarmoq signalini qabul qiladi va uni Wi-Fi orqali tarqatadi. O‘rnatilgan litiy-polimerli batareya routerdan yo‘lda, tok manbaidan uzoqda foydalanish imkonini beradi. “3G Wi-Fi router Bilayn” to‘plamiga “Klik” tarif rejali “Bilayn” SIM-kartasi, 3G Wi-Fi router, USB-kabel, abonent ma’lumotnomasi va kafotlat taloni kiradi.

Uskunaning texnik xarakteristikalari:
• GSM/GPRS/UMTS 850/900/1800/1900/2100/900 MGs tarmoqlari qo‘llaniladi
• Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha, uzatish – 5,76 Mbit/s gacha
• 5 uskuna uchun simsiz Wi-Fi 802.11.b/g router: kompyuter, smartfon, planshet, o‘yin ilovasi va shu kabi
• USB 2.0 port
• Ma’lumotlarni shifrlash: WEP, WPA, WPA2
• 32 Gb gacha bo‘lgan MicroSD kartalar qo‘llaniladi
• Amal qilish radiusi 50 metrgacha
• Akkumulyatordan avtonom ishlash – 6 soatgacha
• Windows 2000/XR/Vista/7 32/64 Bit, Mac OS X 10.4 va undan yuqorilar qo‘llaniladi
• Hajmi: 98,5 x 54 x 13,9 mm
• Og‘irligi – 80 g.

“3G Wi-Fi router Bilayn” faqtagina “Bilayn” SIM-kartasi bilan ishlashga mo‘ljallangan. To‘plamning bahosi – 399 000 so‘m, undan 4 000 so‘m kelajakdagi xarajatlar hisobi uchun balansga tushadi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top