Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Erkin Achildiev shunday dedi: “Istalgan biznesning rivojlanishi aloqa xizmatlariga bo‘lgan talabni oshishini taqozo etadi. Agar ilgari ba’zi mijozlarimiz birgina 3G-modem bilan kifoyalangan bo‘lsalar, bugun ularning ko‘pchiligiga yanada kengroq yechimlar darkor va buning uchun “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” a’lo darajada mos keladi.
Internetda ishlashni boshlash uchun USB-modemni “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” portiga joylashtirishning o’zi kifoya va Wi-Fi-router hech qanday dastlabki sozlashlarsiz ishlashga tayyor. “3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” to‘plamiga 3G Wi-Fi USB-dock, abonent ma’lumotnomasi, kafolat taloni va zaryadash uskunasi kiradi.
Uskunaning texnik xossalari:
• HSUPA/HSDPA/UMTS (850/1800/2100MGs) va EDGE/GPRS/GSM (850/900/1800/1900 MGs) qo‘llaniladi
• Bitta yuqori tezlikdagi USB 2.0 port
• 14,4 Mbit/s gacha tezlik qo‘llaniladi
• Ikkita RJ45 Ethernet-port
• IEEE 802.11b / g. WLAN kirish nuqtalari (WEP/WPA/WPA2 xavfsizlik qo‘llaniladi)
• RX Diversity
• Server va DNS-proksi
• Lokal boshqaruv uchun WEB-interfeys
• Windows 2000/XR/Vista/7 32/64 Bit, Mac OS X 10.4 va undan yuqorisi qo’llaniladi
• Amal qilish radiusi 50 metrgacha
• Hajmi: 93 ? 70 ? 25 mm
• Og‘irligi: 83g
“3G Wi-Fi USB-dock Bilayn” faqatgina “USB-modem Bilayn”ning istalgan modeli ulanganda ishlaydi. Ulanish bahosi – $119. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi