Infocom.uz

5 yil yorqin tarafda! “Unitel” MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk “Bilayn”ning O‘zbekistondagi 5 yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda

Hazil gap emas – O‘zbekistonda eng yirik telekom-kompaniyalardan biri o‘zining birinchi yubileyini nishonlamoqda! Darhaqiqat – mamlakatimiz shaharlari o‘zi bilan nafaqat ilg‘or reklama texnologiyalarini, balki odatiy xizmatlarga yangi sifat, istalgan didga mos innovatsiyalarning keng spektrini ham olib kelgan yangi operatorning sariq-qora ranglarga burkanganidan beri 5 yil o‘tdi. Bugun bizning savollarimizga ushbu quvonchli sabab munosabati Bilan “Unitel”ning bosh direktori Andrey Safronyuk javob beradi

– Andrey Vladislavovich, hozir, asosiy yubiley tadbirlari o‘tganidan so‘ng, “5 yil birga” loyihasining ayrim yakunlarini sarhisob qilsa bo‘ladimi?
– O‘ylaymanki, loyiha yakunlari haqida emas (yilning oxiriga qadar davom etadigan), kompaniyaning butun oraliq yakunlari haqida gapirilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. Besh yil davimoda ancha ishlar qilindi, biroq ishoning: hali oldinda undan-da ko‘prog‘i turibdi. Ayniqsa, bugun biz global telekom-gigantning qismi sifatida faoliyat olib bormoqdamiz, chunki bu yili “VimpelKom Ltd.” birlashuvlar hisobiga jahonda 200 milliondan ortiq kishilik abonent bazasi bilan oltinchi operatorga aylandi.

– Unda, keling, aynan raqamlar bilan davom ettiramiz. Shu kunlarda “VimpelKom Ltd.” Uchinchi chorak yakunlarini sarhisob qildi va biz Bilayn-O‘zbekiston yana bir bor asosiy ko‘rsatkichlarning ikki xonali o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon qilganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Besh yil oldin bu oddiy hol edi, biroq bugun yetarli darajada to‘yingan bozor va kuchli raqobat sharoitlarida buni deyarli yorib chiqish deb hisoblasa bo‘ladi.
– Haqiqatda men bizlar faoliyat ko‘rsatayotgan bozorni to‘yinganga yaqin deb aytmas edim. Boshqa mamlakatlardagi ish tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, 100% – bu bizning soha uchun eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanmaydi: konkret bozordan kelib chiqib bu ham 120, ham 150, ham 200 foiz bo‘lishi mumkin, shuning uchun biz tezlikni tushirmay yana o‘sishga harakat qilishimiz kerak. Shuningdek, kompaniya tushumining umumiy hajmida data-trafikning ulushi ta’sir qilarli darajada o‘sib bormoqda va bu tushunarli hol: biz faqatgina bu yili 3G bilan qamrab olingan aholi punktlari sonini 7 dan 130 ga qadar oshirdik.

– Baribir: tushumning chorakdan chorakka 11% o‘sishi – bu umumiy bozor fonida, ayniqsa, operatsiyalarning daromadliligi ham deyarli 7% ga o‘sganligi inobatga olingan holda katta erishuv hisoblanadi. Bunda muhim rolni MoU o‘ynaganligi ayon (ingl. Minutes of Use – bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni), biroq masala abonentlar ko‘proq so‘zlashishlariga qanday qilib erishganligingizda.
– Biz mijozlarimiz uchun buni o‘zlariga ravo ko‘ra oladigan sharoitlarni yaratdik va bunda bizga arzon ichki qo‘ng‘iroqlarga ega “O!” tarifining ishga tushirilishi yordam berdi. U paytda bizning aktivimizda “Zo‘r-Zo‘r”, “Shunchaki! Bir yarim!”lar bor edi va “O!” o‘zining noyob parametrlari bilan ilgari “Allo” tarifi egallagan joyga ideal darajada mos keldi. Biroq, ishoning, MoUning o‘sishi o‘zicha ishonchli o‘sishni ta’minlab bera olmaydi: bu yerda tasvirlashga intervyu vaqti yetmaydigan o‘nlab muhim parametrlar ahamiyatga ega. Shuni aytishim mumkinki, biz ilgaridagdek sifatli savdoni ta’minlashga e’tibor qaratganmiz: maqsadimiz katta qismi aktivlashtirilmaydigan ko‘proq SIM-kartalarni tarqatish emas – bizga odamlar “Bilayn” SIM-kartalari yordamida real muloqot qilishlari, Internetga chiqishlari kerak, chunki O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari – ochiq hisobot beradigan kompaniyalar va uc oyda bir investorlar, ekspertlar, eng asosiysi – iste’molchilar e’lon qilingan abonent bazasi ko‘rsatkichlari aslida qanday ekanligini ko‘radilar. Ayniqsa, biz an’anaviy tarzda abonentlar sonini hisoblashning turli metodikalaridan foydalanamiz, shuning uchun bizni faqatgina tushum bo‘yicha taqqaoslash kerak.

– Nima desak, agar birinchi yarim yillikning yakunida tushum ulushi bo‘yicha kim ikkinchi o‘rinni egallaganligini aniqlash qiyin bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi chorak yakunlari gumonlarga o‘rin qoldirmadi. Bozor ulushini qaytarib olganligingiz bilan tabriklashga ijozat bering!
– Rahmat! Bu kompaniyamiz uchun haqiqatan-da ahamiyatli hodisa va biz bunga yubileyimiz vaqtiga erishganimizdan xursandmiz. Bilayn-O‘zbekiston jamoasidek bu kabi tartibga solingan va professional komandasiz buning imkoniyati bo‘lmas edi.

– Jamoa va bozor ulushining o‘sishi haqidagi so‘zga: shu kunlarda www.anons.uz sayti “Vtoroe dixanie “Unitel” nomli maqolani chop etdi. Maqolaning muallifi mini-tadqiqot doirasida kompaniya uchun muvaffaqiyatsiz bo‘lgan 2009 yildan keyin aynan Sizning tayinlanishingizdan keyingi boshqaruv jamoasining, brend-platforma va marketing siyosatining yangilanishi “Bilayn”ni bugungi muvaffaqiyatga olib kelganligini gapirgan.
– Shaxsan menga tegishli bo‘lgan fikrlarni sharhlash men uchun qiyin, biroq shuni aytishim mumkinki, oxirgi yilda Bilayn-O‘zbekiston top-menejmenti haqiqatan ham yuqori darajada yangilandi. “Zo‘r-Zo‘r” yoshlar subbrendi joriy qilinib, brend-platformadagi tegishli o‘zgarishlar, o‘ylaymanki mutlaqo barchaga marketingimizdagi yangi yo‘nalishlar kabi ayon. Biroq, barchasidan tashqari, o‘tkazilgan tadbirlar biznes rivojlanishi uchun yirik investitsiyalar bilan mustahkamlandi: faqatgina bu yilning birinchi to‘qqiz oyida kompaniyaning O‘zbekistondagi kapital xarajatlari 134 million dollarni tashkil qildi. Bu bizga keng miqyosda kengayishni va tarmoq modernizatsiyasini amalga oshirish imkonini berdi.

– Aytgancha, qo‘yilmalar haqida: mamlakatimizda bo‘lgan 5 yil davomida “Bilayn” investitsiyalarining umumiy summasi qancha?
– Hali bu yilning yakuniy raqamlari haqida gapirishga erta, shuning uchun ularni hisobga olmagan holda O‘zbekisondagi investitsiyalarimiz 345 million dollarga yaqinni tashkil qildi.

– “Bilayn” O‘zbekistonda 2008 yilda 3G tarmog‘ini tijoriy maqsadlarda ishga tushirgan birinchi operator bo‘ldi. Siz nima deb o‘ylaysiz – abonentlarga LTE imkoniyatlarini ochib, navbatdagi qadamni tashlash vaqti keldimikin?
– Sir emaski, Toshkentda birinchi 3G tarmog‘i ishga tushirilgan kundan boshlab o‘tgan uch yil davomida HSPA texnologiyasi biz uchun ustuvor masala bo‘ldi – birinichi navbatda u obyektiv bozor munosabatlari va texnologik reallikka javob bergani uchun. Biroq zamon o‘zgarmoqda va biz xalqaro Internet-kanalning sig‘imi yil sayin bir necha marotabaga oshib borayotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Shuning uchun o‘ylaymanki, haqiqatan ham kutgan vaqt keldi. Bugungi kunda biz minimum-vazifamizni bajardik: deyarli barcha yirik va o‘rtacha shaharlarni 3G tarmoqlari bilan qamrab oldik, demak, LTE mantiqan istiqbolga mo‘ljallangan keyingi qadam bo‘ladi.

– Oxirgi oylarda “Bilayn” eng ommaviy ijtiomiy tarmoqlarda – Facebook, Twitter, “Odnoklassniki” va “Vkontakte”da o‘z ishtirokini juda muvaffaqiyatli tarzda faol oshirmoqda. Kompaniyaning Facebookdagi korporativ sahifasi bugungi kunda O‘zbekistonda eng ommaviy hisoblanadi. Shunday bo‘lsa ham: bu nima – modaga ergashishmi yoki obyektiv zaruriyatmi?
– Men ushbu ishning zarurligiga yuz foiz ishonaman. Ijtimoiy tarmoqlar biznes-kompaniyalarga mutlaqo turli masalalar bo‘yicha obyektiv qayta aloqa olishning noyob imkoniyatini taqdim qiladi. Bu – hali doimiy axborot almashinuvi, lahzali relizlar va umumiy qadriyatlar bilan birlashgan hamjamiyat shakllanuvi haqida gapirmaganda. Biz bunga jiddiy yondashamiz va biz uchun brendning ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishi – modaga ergashish va mavsumiy vaqt o‘tkazish emas, balki ba’zida onlayn-muloqot doirasidan chiquvchi tizimli faoliyatdir. Masalan, 18 noyabr kuni UzBowlingda O‘zbekistonda ilk Facebook Party o‘tkazildi va bizning kompaniya ushbu tadbirga ko‘maklashdi. Shuni aytishim mumkinki, o‘zim ham shu kechada bo‘ldim va bu aynan biz ishlashimiz shart bo‘lgan auditoriya ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildim.

– Bizning iltimosimizga ko‘ra http://www.facebook.com/beeline.uz sahifasida Yorqinlar Hamjamiyati ishtirokchilaridan savollar to‘plandi. Sizga ularning ayrimlariga javob berishni taklif qilamiz.
– Bajonidil javob beraman.

@Rasul S-v:
Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekistonning uyali operatorlari o‘rtasida bozordagi ulush uchun narxlar raqobati davom etadimi yoki bugun bozorning ushbu segmentida raqobatning narx bilan bog‘liq bo‘lmagan metodlari samaraliroq hisoblanadimi?

– Juda qiziqarli savol va unga bitta javobning o‘zi yo‘q. Pozitsiyamiz haqida gapiradigan bo‘lsak, biz bevosita narxlar raqobatining vaqti o‘tdi, deb hisoblaymiz. Biz O‘zbekistondagi mobil aloqa – dunyodagi deyarli eng arzonligini guvohi bo‘lmoqdamiz, demak ushbu sharoitlarda yanada arzonlashtirish faqatgina rentabellikni pasaytirishga va natijada – keyingi investitsiyalar hajmini qisqartirishga olib kelishi mumkin. Buning bizga ham, iste’molchilarga ham keragi yo‘q. Bu operatorlarning xizmatlari yana arzonlashmaydi degani emas – shunchaki bunga yanada nozik marketing vositalari va tor yo‘nalishdagi takliflar yordamida erishiladi.

@Bek B:
Rivojlangan mamlakatlarda uyali operatorga ulanishda bepul devayslarli turli sharnomalar taklif qilinadi (masalan, kompaniyadan kreditga nisbatan baland abonent to‘loviga ega telefon). Kompaniyaning O‘zbekistonda shunga o‘xshash mahsulotlarni mahalliylashtirish bo‘yicha rejalari bormi?

– Ishonamanki, biz bunga albatta kelamiz, hatto bugun tuyulganidan ham tezroq. Bundan tashqari, biznes-bozorda biz buni amalga oshirmoqdamiz: masalan, korporativ mijozlar anchadan beri bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan 3G Wi-Fi-routerlarni xarid qilmoqdalar, yaqindan beri esa biz ularga kelgusida xususiylashtirish sharti bilan Samsung Galaxy telefonlarini ijaraga taqdim qilmoqdamiz. Xususan, ommaviy bozorda bu kabi takliflarni ilgari surmoq uchun biz bilan tegishli tavakkalchiliklarni bo‘lishishga tayyor bo‘lgan kredit muassasalari bilan hamkorlik qilish zarur.

@Bek Hamid Asatillayevich:
Nega bizda limitsiz Internetni ulab bo‘lmaydi? Hozirda limitsizlikni joriy qilishga nima to‘sqinliq qilmoqda?

– Limitsizlik turlicha bo‘ladi. Fikrimga qo‘shiling, ulanish tezligi muhim ahamiyatga ega va, agar ushbu masalaning mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bir necha yildan beri bozorda limitsiz takliflar mavjud, shu jumladan bizda ham (an’anaviy provayder sifatida). G‘arbdagiga o‘xshash yaxshi tezlikdagi arzon limitsiz tariflarga kelsak, bu haqda gapirishga hali erta. Bizda bu xalqaro Internet-kanalning cheklangan sig‘imi tufayli yetarli darajada qimmat hisoblanadi. Biroq, bugungi tendensiyalarni inobatga oladigan bo‘lsak, uzoq kutmaymiz.

@Mirsaid Nasirov:
?Ma’lum bo‘lganidek, ayni paytda O‘zbekistonda mobil aloqaning kirib borish darajasi 90% lik ko‘rsatkichga yaqinlashib qoldi. Nima deb o‘ylaysiz, 100% lik ko‘rsatkichdan o‘tilganidan so‘ng mobil aloqa narxlari qanday bo‘ladi? Ular Qozog‘istonda bo‘lgani kabi oshadimi yoik o‘sha darajada qoladimi?
– 100% – bu gapirib o‘tganimdek faqatgina ruhiy to‘siq, bu ko‘rsatkich bozorning yakuniy to‘yinganligini anglatmaydi. Telekomda 100% – chegara emas, shuning uchun iste’molchi uchun raqobat kurashi davom etadi va narx o‘sishi to‘g‘risidagi prognozlar asossiz deb o‘ylayman.

@Rustam Mirkhaidaroff:
Nega “Bilayn” reklamasida uning xodimlari tasvirga tushmaydi?

– Hamkasabalarimiz “Bilayn” reklamasida tasvirga tushmaydi, deb kim aytdi? Masalan, “Allo! 1 so‘m!” tarifini o‘z vaqtida billbordlarda marketing xizmatining rahbari boshchiligida bir yo‘la tijorat direksiyasining to‘rtta xodimi reklama qilishgan. Hozir esa “Zo‘r-Zo‘r TUN” xizmati reklamasida mutaxassislarimizdan birini ko‘rishingiz mumkin.

@Rasul S-v:
Bugun operatorlar nafaqat uyali aloqa xizmatlarini va Internetni yetkazib beruvchilarga, balki tovarlar – uyali telefonlar, planshetlar va boshqalarni yetkazib beruvchilarga aylandilar. Nima deb o‘ylaysiz, yaqin kelajakda yana qanday tovar va xizmatlar mobil operatorlarining savdo obyektlariga aylanishi mumkin?

– Biz istalgan takliflar uchun ochiqmiz.

@Mirsaid Nasirov:
Rossiyada operatorlarning “Katta uchligi” shaxsiy mobil to‘lovi tizimiga ega. Bizda bu bozor yetarli darajada istiqbolli hisoblanadi. Yaqin kelajakda Bilayn-O‘zbekistondan mobil to‘lovlar tizimi paydo bo‘lishini kutish mumkinmi?

– Hozircha bu rejalaramizda yo‘q, biroq, shu bilan birga istalgan xizmatimizni, shu jumladan korporativ mijozlar tomonidan ham to‘lash imkoniyati ko‘zda tutilgan shaxsiy ofis hamda “Bilayn” eksklyuziv salonlari tarmog‘ini faol rivojlantirmoqdamiz.

@Talgat Gusmanov:
O‘z abonentlaringiz bilan keiyngi yilga bo‘lgan rejalaringiz bilan bo‘lishsangiz. Kelasi yilda bizni kompaniyadan qanday quvonchli sovg‘alar kutmoqda?

– Ruxsatingiz hamda “infoCOM.UZ” tahririyatining iltimosiga binoan bu haqda yangi yil sonida aytaman.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top