Infocom.uz

5 yil yorqin tomonda: O‘zbekistonda “Bilayn” tug‘ilgan kun

“VimpelKom” kompaniyalar guruhi tomonidan “Unitel” MCHJ sotib olingan paytdan boshlab aktiv abonent baza 13 martadan ortiqqa o‘sdi va 2011 yilning II soragi yakunlari bo‘yicha qariyb 5 350 000 abonentni tashkil qildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk quyidagilarni qayd qildi: “Bu kabi dinamik tarzda rivojlanayotgan bozorda besh yillik faoliyat – jiddiy muddat va bugun biz iftixor bilan ushbu davr mobaynida ko‘p ishlar qilganimizni tilga olishimiz mumkin. Birinchi yarim yillikning o‘zida bizning O‘zbekistondagi kapital xarajatlarimiz 66 million dollardan oshdi. Bu “Bilayn” tarmog‘ini 20 foizdan ortiqqa kengaytirish imkonini berdi. Mazkur investitsiyalar va jamoamiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan faoliyat hisobiga bugun biz arzon narxlarni va nafaqat mobil, balki qo‘zg‘almas aloqa hamda Internentga keng tarmoqli ulanish sifatini kafolatlay olamiz.

“Bilayn” WAP, Dial-up, ADSL va GPRS dan tortib EDGE (2,5G), UMTS (3G) va HSDPA (3,5G) gacha texnologiyalarning eng keng spektrlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan Internet-xizmatlar milliy bozorida yetakchi pozitsiyalarni egallaydi. 2011 yilning yoz mavsumida kompaniya O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab uchinchi avlod tarmog‘ini kengaytirishning navbatdagi miqyosli bosqichini nihoyasiga yetkazdi va bu bilan mamlakatning o‘nlab shaharlaridagi millionlab aholiga yuqori tezlikdagi mobil Internetga ulanish imkoni taqdim qildi. Bundan tashqari FTTB (ingl. Fiber To The Building – “uyga optika”) optik tolali tarmoqlarni qurish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Ular sekundiga 100 Megabitgacha tezlikda ma’lumotlar yetkazish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, 2009 yil iyul oyida “Bilayn” Zarafshonda optik tolali tarmog‘ini tijorat asosida ishga tushirdi. 2010 yil iyun oyida esa Uchquduqda xuddi shu kabi tarmoq qurilishini tugatdi.

“Beeline Business” ushbu davr mobaynida mingta yirik korxonaga yagona xizmat ko‘rsatuvchi sifatida tanlab olingan. Ular orasida LUKOYL, “General Motors Powertrain–Uzbekistan”, “UzCarlsberg” va boshq. Korporativ mijozlarga taqdim qilinayotgan konvergent integrallashgan yechimlar qatori bozorda o‘xshashini topmaydi.

“Bilayn”ning O‘zbekistonda rivojlanish strategiyasida korporativ ijtimoiy mas’uliyat muhim o‘rin egallaydi. Kompaniya respublika bo‘ylab millionlab abonentlarga xizmat ko‘rsatadi, har bir viloyat markazida “Bilayn” ofislari ochilgan, shuning uchun operatorning ijtimoiy strategiyasida munitsipal va hududiy ma’muriyat bilan uzviy hamkorikda hududlarni obodonlashtirishga ko‘mak ko‘rsatish jiddiy rol o‘ynaydi. 2010-2011 yillarda xayriya maqsadlariga qariyb 1 milliard so‘m yo‘naltirildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top