Infocom.uz

6 dan 13 noyabrga qadar 9 ta shaharga “Zo‘r-Zo‘r Sayohat” uyushtiriladi

“Bilayn” rangiga bo‘yalgan, “Zo‘r-Zo‘r TUN” xizmati ramzi qo‘yilgan mikroavtobus Namangan – Andijon – Farg‘ona – Qo‘qon – Samarqand – Qarshi – Buxoro – Navoiy yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, eng ommaviy joylarda to‘xtaydi va o‘sha shaharlar aholisiga “Bilayn”dan tomosha tashkil qilinadi. Barcha istovchilar sovrinli tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin, 3 kun oldin tadbir o‘tkaziladigan joylarda jihozlangan maxsus shoxobchalarda “Bilayn”ga ulangan abonentlar esa alohida tashkillashtiriladigan o‘yinlarda omadlarini sinaydilar.

“Bu O‘zbekistonda biz o‘tkazayotgan mazkur turdagi birinchi tadbir hisoblanadi, – qayd qildi “Unitel”ning Hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sergey Zakuraev. – “Zo‘r-Zo‘r Sayohat” loyihasining maqsadi – nafaqat “Bilayn”ning noyob tungi xizmatini ommalashtirishdan, balki ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lgan hududlardagi aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishdan ham iborat. Ishonamanki, biz kamida Sayohatning barcha ishtirokchilarni kayfiyatini ko‘tara olishga muvaffaq bo‘lamiz”.

“Zo‘r-Zo‘r Sayohat” yo‘nalishining rejasi:

• 6 noyabr – Namangan (Sardoba bozori)
• 7 noyabr – Andijon (Markaziy bozor)
• 8 noyabr – Farg‘ona (Dehqon bozori)
• 9 noyabr – Qo‘qon (Dehqon bozori)
• 10 noyabr – Samarqand (Alisher Navoiy ko‘chasi)
• 11 noyabr – Qarshi (Orzu bozori)
• 12 noyabr – Buxoro (Markaziy yopiq bozor)
• 13 noyabr – Navoiy (Katta bozor)

13 noyabr kuni Navoiy shahridagi tadbirlar bilan bir paytda poytaxtdagi Mirzo Ulug‘bek nomli istirohat bog‘ida bayram tomoshasi bo‘lib o‘tadi. Batafsil ma’lumot http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top