O‘ziga xos bu brend va ramz aslida TeliaSonera Yevraosiyodagi kompaniyalarining faoliyati uchun yaratilib 2009 yilda taqdim etilgan. 2011yilning 12 mayidan etiboran ushbu brend kengayib Skandinav va Boltiq bo‘yi davlatlaridagi operatorlari uchun ham yagona ramzga aylandi. Bugungi kunda 18 ta brend TeliaSoneraning yagona va o‘ziga xos brendi ostida birlashdi.
O‘ziga xos bu brend Ucellning eski brendidagi to‘q binafsha rangini o‘zida mujassam etgan. Bu rang boshqa ranglarga qaraganda juda zamonaviy, o‘zidan iliqlik taratuvchi o‘ziga xos rang hisoblanadi.
Shuningdek bu brendda yangi ramz – o‘ziga xos ilhom tarannum etuvchi, bejirim aylana shaklga ega bo‘lgan tosh mavjud. Serg’ayratlilikni anglatuvchi bu ramz o‘ziga xos bo‘lib TeliaSonera kompaniyalarini bir oila ostida birlashtiradi.
“Oldingi brendimizning ramzi faqatgina hozirgi Ucell va kelajakdagi maqsadlarimizga intilishlarni ifodalaydi. Shu sababli biz brendimizni o‘zgartirmoqdamiz. Bu faqatgina yangi ramz emas. Bu Ucell faoliyatini tubdan o‘zgartiradi. Biz barcha shaxsiy xizmat turlarini, mahalliy operator sifatida o‘ziga xos “nou-hau”ni xavfsizlik, barqarorlik va xalqaro innavatcion texnologiyalarni qo‘llagan holda tadbiq qilmoqdamiz.”, – deb aytadi Ucell kompanisi bosh direktori Oguz Memiguven. “Ucell yangi brendining ramzi bilan undan, uning professional odamlaridan, uning ajoyib xizmatlaridan, uning zamonaviy va buyuk innovatcion texnologiyalari va takliflaridan qoyil qolib zavqlanadigan brend bo‘lishga intilmoqda. Mahsulotlarimiz, ko‘rsatayotgan xizmat turlarimiz va biznes takliflarimiz mijozlarimizning maxsus talab va ehtiyojlariga to‘g‘ri kelishini ta’minlagan holda ularga yanada yaxshiroq quloq tutamiz.”
Ketma ket uch yil davomida Ucell abonentlarni jalb qilish bo‘yicha eng peshqadam o‘rinni tutib kelmoqda va yaqindagina UCell abonentlar soni 8 milliongacha yetdi. Kechagina 2008 yilning boshlarida Ucell faqatgina 700 000 ta ro’yhatdan o’tkazilgan abonentlariga ega edi va Kompaniya hissasi 10% dan 34 % ga ko’tarildi.
UCell birinchi bo‘lib uchinchi avlod tarrmoq‘ini joriy qildi va bugungi kunda u bozor miqiyosida 3G aloqasi borasida peshqadam o‘rinni tutadi va bu UCellni O‘zbekiston miqiyosida keng ko‘lamdagi mobil aloqaning peshqadamchisii sifatida tanitdi.
Ucell birinchilardan bo‘lib, bozorda 4G aloqani joriy etdi, yangi tariflar va qo‘shimcha xizmatlar taqdim etilmoqda va ularning hajmi doimo kengayib bormoqda. UCell 316 dan oshiq xalqaro roaming shartnomalar asosida dunyo boylab 153 dan ortiq maskanlarda insonlar bilan o‘z mijozlari orasida aloqa o‘rnatib kelmoqda.
Ucell o‘z yangi ish binosini ham 15 Iyun 2011 yil taqdim etdi. Shahar markazida joylashgan go‘zal bino TeliaSoneraning O‘zbekiston Respubikasida uzoq muddatli faoliyat olib borish rejasi ramzidir.
Yangi brendni singdirish bilan UCell mijozlari sezilarli foyda kiritish imkoniyatiga egadirlar. 16 chi iyun kuni UCell abonentlarimiz uchun noyob va juda jozibali bir qancha takliflarini joriy etdi.
Takliflardan birinchichisi bu “Yozgi Sonata” aksiyasidir. Jozibador sovg‘alar o‘z omadli g‘oliblarini kutmoqda – Hyundai Sonata avtomobili, Samsung Galaxy planshet kompyuteri, shved soatlari va boshqa sovg‘alar.
Hamda, tarif plan asosida UCell qo‘ng‘iroqlar uchun juda yoqimli narxlar (1\10 sent) berilgan “Ucell dunyosi” yangi tarifini va keng ko‘lamli Internetga ulanish (Mb uchun 4 sent) taqdim etmoqda. Qo‘shimcha ravishda, UCell mijozlari uchun mobil keng ko‘lamli paketlarini, dunyo miqiyosidagi brend moslamalari – Samsung, Huawei va ZTE telefon apparatlari va 3G modemlarini taqdim etadi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi