“Ko‘plab insonlarga yordam berishga qaratilgan loyihani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan mag‘rurlanamiz, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Har yili marafon yanada ko‘proq ishtirokchilarni birlashtirmoqda va 1 may kuni bo‘lib o‘tadigan yugurishda nafaqat “Bilayn” jamoasi, balki xodimlarimizdan ko‘plab muxlislar ham bo‘ladilar”.
Marafondan tushgan barcha mablag‘lar ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashga, jumladan – butun O‘zbekiston bo‘yicha ayollar uchun bepul diagnostik aksiyalarini o‘tkazish hamda xastalikni davolash uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni xarid qilishga sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi oyda 30 000 dan ortiq kishi mamlakatning barcha viloyatlarida “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Biz – bir jamoa! Biz – bir oila” respublika aksiyasi doirasida xuddi shu kabi tadbirlarda ishtirok etishdi. Oldinda esa – 1 may kuni poytaxtda 3 kilometrlik masofaga yugurish turibdi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi