Infocom.uz

Bir zumdalik raqamli Polaroid Z2300 fotokamerasi

Polaroid Z2300 fotosuratlarni chop etish uchun siyohli qulay bo‘lmagan va qimmat katrijlardan qutilish imkonini beruvchi siyohsiz Zink texnologiyasidan foydalanuvchi kiritilgan printerga ega. Uning o‘rniga maxsus foto qog‘ozidan foydalaniladi.

Suratga olingandan so‘ng 5 x 7,6 sm kattalikdagi fotosuratlarni chiqarish uchun bir daqiqadan kam vaqt talab etiladi. Fotosuratlarni SHK’ga ko‘chirib o‘tkazish hamda ularni turli onlayn-servislarda e’lon qilish imkoniyati ham mavjud. Kamera 10 megapikselli optik sensor bilan jihozlangan va 3 dyuymli JK-displeyga ega.

Polaroid Z2300 savdoda 15-avgustda paydo bo‘ladi, uning bahosi $160 dan iborat, qog‘oz pochkasi 30 bet bo‘lib, bahosi $15, 50 bet esa — $25 dan iborat.

Manba: www.gadgetblog.ru

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top