Infocom.uz

Aholi uchun munosib tuhfa

Shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali binosida yangi savdo punkti — «Yagona oyna» markazi ochilishidir.

«Yagona oyna» markazi ochilishi bilan zamonaviy ruhda qayta bunyod etilgan qulay va nihoyatda shinam markazda mijozlar bir operator orqali kompaniyaning ulgurji sektorida barcha xizmatlar majmuasi — telefon aloqasi, videotelefon, internet xizmatlaridan tortib, CDMA standartidagi statsionar va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ldi.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Farg‘ona filiali har bir soha rivojiga, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yuksalishiga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Yangi texnika, texnologiyalar ishlab chiqarishga tatbiq etildi, raqamli stansiyalar o‘rnatilib, xalqaro va viloyatlar ichidagi aloqa liniyalariga optik tolali kabel hamda raqamli radioreleli liniyalar tortildi. Televizion va radio uzatish moslamalari o‘rnatildi. Shuningdek, CDMA standartidagi simsiz aloqa tizimi ishga tushirilishi bilan xizmatlar soni va sifati ortib bormoqda.

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK tomonidan yirik telekommunikatsiyalar operatori sifatida butun viloyat hududi bo‘ylab barcha zamonaviy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Viloyat aholisi va hokimlik tuzilmalariga telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etmoqda.

Viloyatda hozircha 4 ta — Farg‘ona shahrida 2 ta, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida bittadan «Yagona oyna» markazlari tashkil etiladi.

Viloyatda ilk «Yagona oyna» markazining ochilish marosimida videoaloqa orqali marosim ishtirokchilari bilan muloqotda bo‘lgan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori Hakim Muhitdinov sohaga mamlakatimiz rahbarining berayotgan e’tibori natijasida o‘tgan yillar mobaynida erishilgan mehnat zafarlari, raqamli televideniyening kirib kelishi, qo‘lga kiritilgan faxr-iftixorga molik yutuqlar hamda zimmalarida turgan vazifalarni ta’kidlab o‘tdi.

Marosimda ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Mansurov ko‘zlarni quvnatuvchi, jahon standartlariga javob beradigan tarzda bunyod etilgan «Yagona oyna» markazi, shuningdek, Andijon viloyatida raqamli televideniyaning teleuzatgichi ishga tushirilganligi munosabati bilan vodiy viloyatlarida raqamli televideniyadan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi uchun viloyat hokimligi hamda viloyat aholisi nomidan cheksiz minnatdorchilik bildirdi.

Ha, «O‘zbektelekom» AK filiallari xodimlari uchun kompaniyaga berilgan Uztelecom savdo belgisi, Milliy operator nomini sifatli va tezkor xizmatlar bilan ulug‘lash, el ishonchini yanada mustahkamlash g‘oyat mas’uliyatli vazifadir. Bu sharafli vazifalarni amalga oshirishda yosh mutaxassislar izlanishlari va intilishlari, kuch-salohiyatlari samaralaridan umid katta.

«O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali direktori No‘monjon Akbarov hamkasblar va yangi avlod vakillari bilan bo‘lgan suhbatlarida ana shu masalalar ustida alohida to‘xtaldi.

«O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali tomonidan 400 ta raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi Set-top-box qurilmalari olib kelinib, iste’molchilarga qisqa muddatlarda yetkazildi va buyurtmalar soni 1000 donadan ortib ketdi.

Raqamli televideniyening afzalligi shundaki, 4G formatda uzatilishi sababli hozirgisidan tubdan farq qilib, yorqin ranglari, aniq detallari, ovoz uzatish 5.1 formatda ekanligi bois, televizor ko‘rayotgan odamni to‘rt tomonidan ovoz bilan qurshab olinar ekan va ayni vaqtda abonent to‘lovlari yo‘q.

Tomoshabinlar endi Respublika televideniyesi davlat dasturlarining barchasini, ayrim tijorat dasturlari hamda Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlar kanallarini raqamli televizion signallar orqali tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Raqamli televideniyedan foydalanishga kirishgan iste’molchilar televideniya sifat darajasi yuksak ekanligidan juda mamnunlar.

Marosimda viloyat hokimligi vakillari, Aloqa va axborotlashtirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Nosirov ishtirok etdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top