Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga qaraganda, AirLive N.MINI — 300 Mbit/s tеzlikni ta’minlovchi jahonda eng kichik modеldir. Korpusining kattaliklari 7,5 х 5,4 sm’ni tashkil etadi. Kichikligi esa konstrutorlarga uning ichiga 802.11 b/g/n xususiyatlariga mos ikkita qabul qiluvchi va ikkita uzatuvchi traktlari bilan radiochastotali Wi-Fi modulini (2T2R MIMO) joylashtirishlariga xalaqit qilmadi.
Apparatni o‘chirib-yoquvchi moslamasi yordamida AP Client va Router rеjimlariga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. WPS tugmasi ham mavjud, uni bosilganida ikkita AirLive N.MINI qurilmalari o‘rtasida himoyalangan ulanishni o‘rnatish mumkin bo‘ladi. AirLive N.MINI qurilmasi istе’mol qiladigan quvvat 1 Vt dan oshmaydi. Manba: www.airlive.com