Infocom.uz

AKT haftaligi nihoyasiga yetdi

Mamlakatimizda barcha yo‘nalishlarda, jumladan, AKT sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak samaralar bermoqda. Bunda davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni muhim dasturilamal bo‘layotir. Ushbu hujjatga muvofiq 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.

“ICTExpo – 2009” ko‘rgazmasi yurtimizda va xorijda AKT sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, eng yangi ishlanmalar, keng turdagi o‘ziga xos xizmatlar bilan tanishish, yangi mahsulotlarni namoyish etish, tajriba almashish, savdo shartnomalari va hamkorlik bitimlari tuzish, ko‘p tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish imkonini berdi. Uning pavilyon va bo‘limlari simli va simsiz telekommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirish, ko‘chma radioaloqa, kompyuter texnikasi, dasturiy ta’minot, proyeksiyali va raqamli foto-video, axborotni himoya qilish tizimlari, yo‘ldosh va kabelli televideniye, teleradioeshittirish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.

AKT haftaligi keng jamoatchilikka O‘zbekistonda axborot jamiyatini shakllantirish borasida qo‘lga kiritilgan yangi yutuqlar bilan tanishish imkonini berdi. Shubhasiz, “ICTExpo – 2009” haftaligi mamlakatimizda AKT bozorini yanada rivojlantirish, sohada xalqaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish va mustaham amaliy aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top