Infocom.uz

AKT Navro’zni munosib kutib olishda hamrohingizdir!

Yandeksning har yerda hoziru nozir Vikipediya saytidan ‘navruz» so’zini terib quyidagilarni o’qishimiz mumkin:

«Navro’z (Novruz, Nooruz, Nauriz, Navrez) lezgincha – Yaran, fors tillarida – Now ruz, toj. Navro’z, kurd. Newroz, o’zbek. Navro’z, turkm. Nowruz, qozoq. Nauriz, qirg’iz. Nooruz, tur. Nevruz, ozarb. Novruz, qrim. Navrez) – eron, Kavkaz va turkiy xalqlarda bahor va yangi yilning boshlanishidir. Navro’z atamasi (forschada- Now ruz) fors tilidan tarjima qilganga «yangi kun» ma’nosini anglatadi.»

Haqiqatan ham, «bahoriy tengkunlik- yangi yil Navro’z bayrami 3000 yil avval Xurosonda yuzaga kelgan» mazkur ayyomni bugungi kunlarda O’zbekistonda keng nishonlayotib, o’zingiz yashayotgan mahalladan turib, AKT dan foydalangan holda butun dunyoning istalgan chekkasidagi yaqin va qarindoshlaringizni tabriklay olasiz. Faqat yandeksda «navruz» so’zini so’rash bilan Navro’zning turli mamlakatlarda qanday nishonlanishi haqida 277 ming betlik ma’lumot olish mumkin. Yana yaqinlarimizning har biriga elektron maktub, SMS-xabar, forumda tabriknomalar jo’natishimiz ham mumkin. MMS-xabar orqali rangli raqamli fotosurat yoki hatto kichik videorolik orqali qutlash ham qiyin emas. Internet saytlarida hatto tabriknomani kerakli manzilga yuborish ham mumkin.

Agar siz Navro’z bilan sevimli insoningiz yoki hamkasblaringiz, ota-onangizni tabriklab bir dasta gul in’om etmoqchi bo’lsangiz, buni dunyoning istalgan chekkasidan turib, uyingizdan chiqmagan holda, masalan, «Toshkent gullari» Internet-do’koni [url=http://flowers.ek.uz]http://flowers.ek.uz[/url] ga kirib, haqini e-karmon elektron tisimi xamyonidan to’lab, yetkazishingiz mumkin.

Ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda Internet orqali hatto yoqimli islarni yektazib beruvchi printerlar ustida ishlamoqdalar. Shunday ekan, agar bir necha yildan so’ng Navro’z bilan sizni birinchi bo’lib, oddiy xonadon roboti tabriklasa ajablanmang.

Shuningdek o'qing

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

Velosiped ijarasi raqamli transformatsiya shakli sifatida

Kalit so’zlar: Bekatsiz velosipedlar ulashish tizimi, atrof-muhit tozaligi, GPS texnologiyasi, e-bike, IoT, Mobike, HelloBike, mobil to’lovlar. Velosipedlar ulashish bozori velosiped turiga qarab, an’anaviy va elektron

Jurnalga maqolalarni taqdim etish shartlari

1. Ilmiy maqolalar mavzusi “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining “Ruknlar” nomli menyu qismida keltirilgan yo‘nalishlarning birortasiga mos kelishi shart. 2. Maqola elektron va qog‘oz shaklda topshirilib,