Infocom.uz

AKT Sammit 2009

Yildan yilga AKT Sammiti ko’plab AKT mutaxassiclarining e’tiborini borgan sari kuchliroq jalb etib kelmoqda va bugungi kunda O’zbekistonda AKT sohasida asosiy hodisalardan biri hisoblanib, xalqaro, yaqin va uzoq chet ellar hamda miliy ekspertlar tomonidan qiziqishlarga sabab bo’lmoqda. Har yili AKT bo’yicha Milliy Sammit ishida O’zbekiston va chet ellardan 440 ga yaqin vakillar ishtirok etadilar, bu yil ham shunday bo’ladi.

Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi matbuot va axborot texnologiyalari masalalari bo’yicha Qo’mitasi, O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish Agentligi, O’zbekistonda BMT Rivojlanish Dasturi “AKT siyosati” (ICTP) Loyihasi va O’zbekiston AKT kompaniyalari va tashkilotlari Assosiasiyasi AKT Sammit 2009 tashkilotchilari sifatida ishtirok etadilar.

Milliy AKT Sammiti 2009 doirasida umumiy dolzarb masalalarni hamda alohida yo’nalishlar bo’yicha ancha dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Masalan, bu yilda boshqarish siyosatidagi tendensiyalar va asosiy o’zgarishlar, AKT milliy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishdagi yutuqlar va muammolarni, alohida hayotiy sohalarda AKTni tatbiq etish tajribasi, infratuzilmasini rivojlantirishni qamrab oluvchi masalalar va boshqa mavzular ko’rib chiqiladi. Shu bilan birga, bu yil axborot xavfsizligi, axborot -kutubxona resurslari va boshqa dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbir tugaganidan so’ng O’zbekistonda AKTni yanada rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqilishini hamda tavsiyalar va Sammit rezolyusiyasi qabul qilinishini aytib o’tish zarur. AKT Sammiti mutaxassislarga, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar hamda xususiy sektorga AKT bozori holatini ko’p jihatdan tahlil qilib chiqishlariga imkon beruvchi asos hisoblanishini, ushbu sohadagi yangi yutuqlar bilan tanishish, yangi barqaror va ishonchli sheriklarni topish, O’zbekiston Respublikasida AKTni tatbiq etishni rivojlantirish uchun qo’shimcha investision resurslarni jalb qilishga imkon berishini aytib o’tish kerak.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top