Infocom.uz

Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi yana bir nashr

pic

Jurnal O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi muassisligida tashkil etilgan bo’lib, ushbu nashr axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasini rivojlantirish muammolari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida ko‘rsatiladigan yangi xizmat turlarini joriy etish masalalarini yoritib boradi.

Jurnalda aloqa va axborotlashtirish sohasini ilmiy-texnikaviy rivojlantirishning turli yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida yetakchi kompaniya hamda firmalarning yutuqlari va ilg‘or tajribalarini targ‘ib etishga keng o‘rin beriladi. Shuningdek, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan aspirantlar, tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va mutaxassislarning maqolalari chop etiladi.

Yangi nashr sahifalarida ushbu sohaga qiziquvchilar bu borada qo‘lga kiritilgan yutuqlar, multiservis, foton, telekommunikatsiya, mahalliy tarmoqlar sohalarida, abonentlarning foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, atmosferali optik aloqa liniyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasidagi muammoli masalalar bilan chuqurroq tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, jurnalda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada tatbiq etilayotgan yangi xizmat turlari to‘g‘risidagi materiallar ham berib boriladi.

Jurnalda Xalqaro elektr aloqa ittifoqi, Telekommunikatsiyalarni standartlash bo‘yicha Yevropa instituti (ETSI), Jahon pochta ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatini yoritish uchun maxsus bo‘limlar ajratilgan.

Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. Tahririyat yetakchi ilmiy muassasalar va xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

“Infokommunikatsiya: Tarmoqlar. Texnologiyalar. Yechimlar” jurnali yiliga to‘rt marta chop etiladi. U 2008 yildan boshlab, obuna bo‘yicha tarqatiladi va chakana savdo shoxobchalarida sotiladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top