Infocom.uz

Aloqachilar faxriylarni qutlaydilar!

uztel_7_05_2011

Eslatib o‘tamiz, 9-may kuni umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda 1941-1945 yillarda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan G‘alabaning 66 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan va urush ishtirokchilari hamda nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi barcha faxriylarga 3 ming so‘m miqdorida xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun kartochkalar sovg‘a qiladi hamda 2011-yil 31-maygacha muddatga 20 tagacha so‘zdan iborat O‘zbekiston bo‘ylab shaharlararo telegrammalar va MDH davlatlari bo‘ylab xalqaro telegrammalar jo‘natish huquqini taqdim etadi.

uztel_7_05_2011_1

Faxriylarga kartochkalar «Nuroniy» jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan beriladi, faxriylar telegrammalarni jo‘natishlari uchun esa aloqa bo‘limlariga urush faxriysi guvohnomasini taqdim etsalar bo‘lgani.

uztel_7_05_2011_2

Faxriylar tinchlik uchun qanday jang qilganliklari haqida so‘zlab berdilar, ularga doimiy g‘amxo‘rlik bildirilayotganligi uchun davlatimizga samimiy minnatdor ekanliklarini izhor qildilar. Ular farzandlari, nevara va evaralari davrasida hurmat va e’zozdalar…

uztel_7_05_2011_3

Aloqachilar faxriylarning jasoratlari, qahramonliklari va mardliklari uchun chuqur hurmat izhor etdilar.

uztel_7_05_2011_4

uztel_7_05_2011_5

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top