Infocom.uz

Andrey Safronyuk: “Aloqada qoling!..”. “Unitel” MCHJ bosh direktori Andrey Safronyuk “Bilayn”ning 2011 yildagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda

— Andrey Vladislavovich, madomiki, “Bilayn”ning besh yilligini biz o‘tgan sonda yetarli darajada muhokama etgan ekanmiz, bu mavzuni bugun ko‘rmaymiz. Biz bermasligimiz mumkin bo‘lmagan yagona savol, nega oxirga qadar katta konsertingizning “maxsus mehmoni”ning ismini sir saqlashga qaror qilindi? Axir, Nyusha kabi mashhur yulduzning ismi odatda tadbir arafasida qo‘shimcha shov-shuv bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin edi-ku …
— Bu biz intilgan shov-shuv bo‘lar edi, deb o‘ylamayman. “5 yil birga” loyihasining bosh sterjeni – bizning abonentlar 2006 yildan beri to‘plangan bilan munosabatlarimiz hisoblangan va shunday bo‘lib qoladi. Konsertni birgina, mayli u juda yorqin bo‘lsin, qo‘shiqchi benefisiga, tadbirga kelishni Nyusha muhlislarining ulkan armiyasining birdan-bir maqsadiga aylantirishni biz aniq istamaganmiz. Va nihoyat, shuni unutmaylikki, tug‘ilgan kun – do‘stlar davrasida dilkashlik bilan o‘tkaziladigan bayram, shuning uchun aynan ularni – ko‘nglimizga yaqin insonlarni – “Istiqlol” San’at saroyida to‘plashni istagan edik. Xuddi o‘sha yorqin tarafda yashayotganlarni. Va o‘ylamanki, bunga biz yuz foiz erishdik, Nyushaning paydo bo‘lishi esa tomoshabinlar uchun quvonchli sovg‘a bo‘ldi.

— Uchinchi chorak faoliyat natijalari bo‘yicha O‘zbekistonda “Bilayn” uch oy mobaynida 73 million dollar ishlab, tushum ulushi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Yil yakunlari bo‘yicha nimani kutmoqdasiz?
— Biz kutayotganimiz yo‘q, balki ishlamoqdamiz — faoliyatni davom ettirmoqdamiz, chunki Siz gapirayotgan raqam va erishuvlar — bu eng avvalo barcha jamoamizning doimiy mehnatining natijasi hisoblanadi. Ma’lumki, 2011 yilning moliyaviy va operatsion natijalari yangi yilda sarhisob qilinadi, shu sababli bashoratlar qilishga hali erta. Biroq biz istalgan holatda ham aktiv abonent bazasini, ham MoU (ingl. Minutes of Use — bir oyda bitta abonent uchun ishlatilgan daqiqalarning miqdori)ning, biroq eng avvalo – data-trafikning yanada o‘sishini kutmoqdamiz. O‘tayotgan yilda biz ushbu sektorga jiddiy investitsiyalarni kiritdik. Bunda bir necha bor 3G tarmog‘i kengaytirildi va bugun a’lo darjadagi o‘sish sur’atlarining guvohi bo‘lmoqdamiz.

— Ehtimol, hozir Uznetda muhokama etilayotgan asosiy savol: deyarli bir vaqtning o‘zida uchta asosiy operator e’lon qilgan, boshqa tarmoqlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning bahosi oshishi nima bilan tushuntiriladi?
— Bu yerda bosh so‘z — “deyarli”, shundaymi? Agarda yaxshi eslaydigan bo‘lsak, buning barchasi bir kunda yoki bir haftada bo‘lgani yo‘q: avval bozor bo‘yicha hamkorlarimiz o‘zlarining — shunda ham mutlaqo turli — e’lonlarini berdilar, keyin esa biz ikkila qadamni rejalashtirayotganimizni xabar qildik, undan keyin esa bizdan boshqa o‘yinchilar o‘rnak oldilar. Bu albatta, tafsilotlar, biroq, men bilan rozi bo‘ling, ular juda muhimdir. Men til biriktirshning turli nazariyalari haqida eshitsam, har doim so‘ragim keladi: nahotki, bu operatorlarning bu kabi harakatlarining birinchisi bo‘lsa? Biz qat’iy raqobat sharoitlarida ishlamoqdamiz va tushunarli hol, bir-birimizning harakatlarmizni kuzatib boramiz. Va bu kechagina boshlangan emas, ilgari bu harakatlar qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan edi — kompaniyalar raqobatchilar takliflarini bir-ikki kun farqi bilan qaytargan holatlar ham bo‘lgan va bu, negadir hech kimni xijolatga qo‘ymagan edi. Menga, aytadigan bo‘lsam, bozorga deyarli bir vaqtning o‘zida “Shunchaki! Bir yarim!” va “Bir yarim” tariflari chiqqanida hech kim bizni kelishilgan harakatlarda ayblamagani juda qiziq…

— Axir, hozir tariflar oshish tomonga to‘g‘rilangan va bu raqobat nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mukin emas.
— Bu juda kaltabin pozitsiya. “Katta uchtalik”ning barcha operatorlari – bular biznes-tuzilmalar va abonentlarni jalb qilishda kimgadir ustunlikni berib qo‘yishni istamaganimiz kabi, o‘zimizni tushum bo‘yicha orqada qoldirishni ham xohlamaymiz, chunki oxir-oqibat kompaniyaning muvaffaqiyati moliyaviy nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda baholanadi. Sizning oldingi savolingizga javob berar ekanman, shunday deyman: kimga nima hayoliga kelsa ham, biz nafaqat O‘zbekiston telekom tarmog‘ining, balki global bozorning ham bir qismi hisoblanamiz, demak qaysidir ma’noda ularning trendlariga giriftormiz. Bu qanday trendlar — tushuntirib o‘tirmayman: ular haqida televizorni yoqib, yangiliklardan bilib olish mumkin. Mayli, bu vosita orqali bo‘lsin, biroq krizis, qatorida ko‘plab uskuna yetkazib beruvchilar bo‘lgan xorijiy hamkorlarimizga ta’sir qilib, bizda ham aks etmoqda: vendorlar mahsulotlarining narxlarini qayta ko‘rib chiqmoqdalar, servisning bahosi ham joyida turgani yo‘q, biz esa ilgaridagidek, eng yangi texnika sotib olinmasdan amalga oshirib bo‘lmaydigan keng miqyosli investitsion loyihalarni rejalashtirmoqdamiz. Bu yerdan tariflarning to‘g‘rilanishi kelib chiqadi.

— Bu interkonnekt stavkalarini qayta ko‘rib chiqishni anglatadimi?
— Bu savol uchun rahmat. Men unga hali ham muhokama predmeti bo‘lgani uchun javob berishga tayyor bo‘lmasamda, jurnal hamda saytning ayrim o‘quvchilari uchun umuman “interkonnekt” tushunchasi borligini bilish foydadan holi bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Axir, haqiqatda, bepul kiruvchi qo‘ng‘iroqlardan huzur qilib foydalanayotgan abonentlarning juda kami bu qo‘ng‘iroqlar ham har holda to‘lanishi haqida o‘ylasa kerak. Soddaroq aytadigan bo‘lsak, biz hamkorlarimizga mijozlarimiz ularning tarmog‘iga qilgan va aksincha qo‘ng‘iroqlar uchun to‘laymiz. Shu sababli, operatorlar orasida trafik uchun o‘zaro hisob-kitobning miqdori va shartlari – bu munozaralar uchun dolzarb mavzu, uncha oshkora bo‘lmasa ham.

– So‘zlaringizga qaraganda, boshqa operatorlar abonentlari uchun chiqish qo‘ng‘iroqlariga bo‘lgan tariflarni to‘liq ko‘rib chiqishni bildiradi. Abonent to‘lovichi? Bu yerda gap hajmda emas, bir sutkaga bir tsent – bu shunchaki ramziy o‘lcham holos. Aslida O‘zbekistonda uyali aloqadan foydalanuvchilar abonent to‘lovidan uzoqlashib ketganlar.
– Mutlaqo to‘g‘ri, bu ro‘yxatdan o‘tkazilgan SIM-kartalar soni kabi ko‘rsatkichdan ham bilinadi. Hech kimga sir emas abonent shartnomalari soni yumshoq qilib aytganda aloqadan foydalanuvchi insonlar soni bilan teng emas. Juda ko‘p abonentlar obyektiv zaruriyat bo‘lmasada ikki, uch, to‘rt va undan ko‘p SIM-kartalarga egalar. Kimlargadir aksiya doirasida qo‘shimcha aksiya topshirilgan, kimdir esa turli holatlar uchun shunchaki sotib olgan, umuman sabablar topiladi. Natija esa, ming afsuski bitta holatga: bunday ulanishlar nafaqat statistikani noto‘g‘riligini ko‘rsatadi, balki to‘g‘ri rivojlanishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Afsuski, raqamlar hajmi – cheklangan resurs bo‘lib, biz kelgusida abonentlar kimningdir uyida yoki ishxonasida unga kerak bo‘lmagan SIM-kartalari chang bosib yotganligi tufayli to‘g‘ridan – to‘g‘ri raqam olishda muammolarga duch kelishlarini istamaymiz. Siz to‘g‘ri anglaganingizdek aynan shuning uchun ham joriy etilgan ramziy abonent to‘lovi kimlarnidir ortiqcha SIM-kartani g‘amlashdan oldin bir oz o‘ylashga majbur qiladi.

– Bunday harakatlar o‘z ortidan mazkur ortiqcha SIM-kartalarni ommaviy o‘chirilishiga olib kelishidan xavotirlanmaysizmi?
– Nafaqat xavotirlanaman, balki shunga umid qilaman. Meni to‘g‘ri tushuning: biz hech qachon abonentlar sonini ortib borishini ko‘zlamaganmiz. Bundan tashqari: biz o‘z hisobotlarimizni faol ravishda olti oylik emas, uch oylik abonentlar bazasini ko‘rsatib boramiz. Ishonavering, bu juda katta farq. Aytaylik iyul-sentabr oylarida to‘lov tranzaksiyalarini amalga oshirgan abonentlarning soni uchinchi chorakda 5 688 000 ni tashkil etgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi yarim yillik bazamiz 7 000 000 dan ortiqni taskil qildi. Shu sababli biz barcha bozor ishtirokchilari qariyb bir deb hisoblovchi kirimga o‘z e’tiborimizni qaratishni afzal ko‘ramiz. Bilasizmi, men forumda mazkur masala muhokamasini kuzatib boraman, shuningdek Facebook foydalanuvchisi bo‘lgan holda o‘zlarining “g‘amlangan” SIM-kartalarini o‘chirib qo‘yganliklari yozilgan abonentlarning xatlarini ham ko‘rmoqdaman. Hamda barcha bilishini istardim: “Bilayn” mazkur jarayonni qo‘llab quvvatlaydi. Aloqa bu don, tuz va yoki gugurt emaski g‘amlab qo‘yilsa. Uni kelgusi yillar uchun g‘amlashdan ma’ni yo‘q.

– Bularning barisi narxlar bo‘yicha kurash o‘tmishga aylanganidan darak beradimi?
– Men bunga chin dilimdan ishonishni istardim. Ishonchim komil, raqobat doirasini muqobillashuvi operatorlik hamjamiyati oldiga uyali aloqa bozorini rivojlantirishning kelgusi yo‘llari borasidagi masalaga qaytish imkonini ko‘ndalang qo‘yadi. Shu bilan birga O‘zbekistondagi uyali aloqa tariflarini tartibga tushirilishini hisobga olgan holda ham avvalgidek jahondagi eng qulay aloqa sifatida saqlanib qoladi.

– Siz 3G taraqqiyotining yangi bosqichi to‘g‘risida gapirayapsizmi yoki kuni kecha o‘tkazilgan matbuot – anjumanida e’lon qilingan LTE tarmog‘ining qurilishi to‘g‘risidami?
– Men umuman soha taraqqiyoti to‘g‘risida gapirayapman. Shubhasiz, uchinchi avlod tarmoqlarini yanada kengaytirish borasida bizning katta rejalarimiz bor. Shu sababli hozirda 3G “Bilayn” qoplama zonasiga kiruvchi O‘zbekistonning 130 ta shahar va tumanlari bilan cheklanmaymiz. Biroq shu bilan birga biz kelajakka ham nazar tashlamoqdamiz. Biz 4G tarmog‘ini rivojlantirishga ruxsat olganligimiz tufayli mazkur yo‘nalishda ham olg‘a intilamiz. Aytish mumkin, allaqachon harakatlar boshlangan.

– O‘tayotgan yilda “Beeline Business” ko‘plab ma’lumotlarni taqdim eta oldi. Korporativ segmentdagi qay bir hodisani eng muhim deb hisoblaysiz?
– Javob aniq: bu “Tarif konstruktori”. Hamkasblar “Beeline Business” ning asosiy tamoyilini nafaqat shakllantirdilar, balki uni hayotga tadbiq eta oldilar. Aloqa mijozga unga zarur paytda xizmat ko‘rsatishi lozim. Mazkur ajoyib taklifdan foydalangan O‘zbekiston tadbirkorlari endilikda o‘zlariga zaruriy bo‘lgan opsiyani tanlagan holda o‘zlariga mos tarifni tanlashlari mumkin.

– “Bilayn” o‘z abonentlariga yangi yil sovg‘alarini ulashishi yaxshi an’anaga aylanib qolgan. 2012 yil arafasida nimalar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot bera olasizmi?
— Bu borada g‘ururlansak arziydigan narsalar bor: endilikda har bir abonent “Bilayn USB-modemi” xizmatiga ulanish bilan birga sovg‘a tariqasida 5 Gigabayt olishidan tashqari biz yanvar oxiriga qadar internet-paketlar hajmini o‘sha narxlarda qoldirib, 50 foizga oshirishga qaror qildi. Boshqacha aytganda, o‘sha yoki boshqa internet-paketga ulanib, abonent bir yarim barobar ko‘p trafik oladi. Va tushunarli hol, noyabr oyining oxirida boshlangan Mega Aksiya haqida eslatib o‘tmaslik mumkin emas: har juma kuni 20:00 da “O‘zbegim taronasi” FM 101 to‘lqinida orasida ko‘plab iPad2 planshetlar, Samsung Galaxy S2 va X1-00 telefonlar, shuningdek kompaniyadan bonuslar bo‘lgan sovg‘alar o‘ynalmoqda. Bunda joriy hafatada ulangan barcha yangi abonentlar, shuningdek, o‘tgan haftada aloqa xizmatlari uchun 2000 so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan amaldagi mijozlar ishtirok etomqdalar. Ko‘rib turganingizdek, shartlar to‘la demokratik, o‘yinlar – ochiq-oydin va bizlarda mamlakatning turli viloyatlaridan birinchi g‘oliblar bor.

— infoCOM.UZ o‘quvchilariga yangi yil tilaklaringiz …
— “Bilayn” bilan aloqada qoling: 2012 yil qiziqarli bo‘ladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top